28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:10
Siyosat 👁 350

Senator qishloq xoʻjaligi hamda tibbiyot sohasida Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Senator qishloq xoʻjaligi hamda tibbiyot sohasida Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

30-mart kuni Amudaryo tumaniga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, senator Botir Matmuratov tashrif buyurdi.

Tuman hokimligining majlislar zalida boʻlib oʻtgan yigʻilishdan soʻng senator tegishli sohalar mutasaddilari hamrohligida Oq oltin ovuli hududidagi qishloq oilaviy poliklinikasiga tashrif buyurib, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida senator mazkur qishloq oilaviy poliklinikasi tomonidan Oq oltin ovulida istiqomat qiluvchi 8 ming 939 nafar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida tashkil etilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Qishloq oilaviy poliklinikasi  aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishni yanada yaxshilash, kasalliklar profilaktikasi, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilish borasida samarali ish olib bormoqda. Ayniqsa, aholi, birinchi navbatda fertil yoshidagi ayollar va homilador ayollar, bolalar, shuningdek oʻzgalar yordami va ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar orasida patronaj ishlarini muntazam olib borish borasida sezilarli natijalarga erishilmoqda. Shifoxonaga yotqizish, kasalliklarga chalinish va nogironlik darajasining pasayishi, ayniqsa aholining koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatidan qoniqishi tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligi nechogʻli yuqori ekanidan dalolat beradi.

Ayni kunlarda aholini karonavirusga qarshi Buster doza bilan emlash ishlari ham samarali yoʻlga qoʻyilgan.

Senator tibbiyot xodimlari bilan suhbatda Prezidentimizning 15-mart kuni tibbiyot xodimlari bilan oʻtkazgan ochiq muloqoti davomida tibbiyot sohasini rivojlantirish boʻyicha belgilab bergan vazifalari hamda dolzarb masalalar haqida toʻxtalib, shifokorlarning sharafli, shu bilan birga mashaqqatli ishlarida omad tiladi.

Shundan keyin mehmonlar Toʻlqin ovuli hududida joylashgan “Amu sohili” chorvachilik fermer xoʻjaligiga tashrif buyurdi.

Senator Botir Matmuratov fermer xoʻjaligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, sohani yanada rivojlantirishga oid qabul qilinayotgan qonunlar aqida tushunchalar berdi.

Uchrashuv davomida tuman hokimi oʻrinbosari Islom Matkarimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-mart kungi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tumanda, xususan mazkur fermer xoʻjaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng turda maʼlumot berdi.

Qayd etilganidek, hozirgi kunda tumanda cuv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish maqsadida jami 2 ming 630 gektar maydonga suvni tejovchi texnologiyalar joriy etilgan. Shundan 250 gektar gʻalla maydonlariga yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha taʼminotchilar bilan shartnomalar tuzilgan.

Bugungi kunda tumanimizda gʻallachilik sohasida “Qipchoq g‘alla klaster” hamda “Amu Rich Xarvest” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari klaster usulida faoliyat yuritib kelmoqda.

Senator Botir Matmuratov tumanimizda qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida eʼtirofga loyiq ekanligini taʼkidladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026