“Obod qişloq” dasturiga kiritilgan Ayoqçi mahallasida keng kölamli quriliş va obodonlaştiriş işlari boşlandi
Söngi yillarda yurtimiz böylab “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan hududlarda yöl-transport infratuzilmasini yaxşilaş, ijtimoiy soha obektlarini quriş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, umuman, aholining yaşaş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarda “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan, Amudaryo tumanining Tölqin ovuli va Ayoqçi mahallasi ham “Obod qişloq” dasturiga kiritildi.
6-aprel kuni Ayoqçi mahallasi hududida dastur doirasida keng kölamli quriliş va obodonlaştiriş işlarining boşlanişi munosabati bilan tabdir bölib ötdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, tegişli muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari, fuqarolar yiğini masʼullari hamda mahalla faollari iştirok etdi.
Dastlab, tuman hokimi Söltonboy Yöldaşev yiğilganlarga “Obod qişloq” dasturini tez muddatlarda va sifatli tarzda amalga oşiriş borasida tavsiyalarini berdi. Şuningdek, dastur doirasida Ayoqçi mahallasi hududi uçun ajratilgan 10,4 mlrd. söm mablağning manzilli va maqsadli işlatilişi böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berdi.
Şundan söng tuman hokimi örinbosari Nodirbek Komolov yiğilganlarga Ayoqçi mahallasida dastur doirasida amalga oşiriladigan işlar yuzasidan keng turda maʼlumotlar berdi. Taqdimotda keltirilişiça, Ayoqçi mahallasi hududidagi 69-sonli umumtaʼlim maktab binosi mukammal rekonstuktsiya qilinib, taʼmirlaş işlariga 2 mlrd 300 mln. söm miqdorda mablağ sarflanadi.
Şuningdek, Ayoqçi mahalla fuqarolar yiğini binosini taʼmirlaş işlariga 360 mln. söm miqdorida pul mablağlari ajratilib, mukammal taʼmirlaş işlari olib boriladi.
Qolaversa, mahalla hududida piyodalar yölakçasini quriş, yangi turdagi çiqindi konteynerini, tungi yoritgiç çiroqlarini örnatiş hamda yakka tartibdagi uy-joylarini taʼmirlaş, aloqa liniyalarini tortiş işlari ham amalga oşirilib, joriy işlarga 616 mln. söm miqdorda mablağlar sarflanadi.
Dastur doirasida aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş maqsadida 2 mlrd. söm mablağ evaziga 4 ta suv inşooti barpo etiş hamda 1 mlrd 550 mln. söm evaziga bozor infratuzilmalarini bunyod qiliş közda tutilgan.
Taqdimot nihosiga yetgaç tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev har bir yönaliş böyiça amalga oşiriladigan işlar yuzasidan soha masʼullarining fikrlarini tingladi hamda dastur ijrosini öz vaqtida va sifatli taʼminlaş böyiça topşiriqlar berdi.
Şundan söng tadbir qatnaşçilari “Yaşil makon” aktsiyasi doirasida Ayoqçi mahalla fuqarolar yiğini binosi oldida barpo etilayotgan yaşil maydonga mevali va manzarali daraxt köçatlarini ekişdi.
Ekilgan har bir nihol vaqti kelib ulkan daraxt böladi va obod qişloqqa aylanayotgan Ayoqçi mahallasi körkiga körk va çiroy bağişlaydi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶