"Jayxun ilhomlari" NNT grant loyihasi doirasida davra suhbati ötkazildi
Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan amalga oşirilayotgan “Yoşlar – yangi Özbekiston bunyodkorlari” loyihasining kalendar rejasi böyiça tumanning barça joylarida davra suhbatlari, uçraşuvlar ötkazilib kelinmoqda.
Taşkilotning asosiy maqsadi tumanimizdagi ijodkor şoir va yozuvçilar, sanʼatkorlar, amaliy sanʼat ustalarini izlab topib, ularning iqtidorini elga tanitiş, yoşlarning barkamol, maʼnaviy yetuk insonlar bölib yetişişiga erişişdir.
Şu maqsadlarda taşkilot tomonidan maktablarda, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida, korxona va taşkilotlarda ötkazilayotgan har bir uçraşuv va davra suhbatlarida mahalla faollari, mehnat faxriylari, imomlar, ijodkorlar, maʼnaviyat tarğibotçilari iştirok etib tuşuntiriş işlarining samarali bölişiga erişilmoqda.
“Oilada yoşlar tarbiyasining ahamiyati”, “Yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularni kitobxonlikka jalb qiliş”, “Farzand tarbiyasida ota-onalar va mahallaning örni”, “Yoşlarni giyohvandlik, içkilikbozlik va boşqa illatlardan himoya qiliş” mavzularidagi suhbatlar barçada katta qiziqiş uyğotmoqda va bu borada keng tarzda fikr mulohazalar bildirilmoqda.
Yoşlarning bilim va iqtidorini, fikr-mulohazalarini sinaş maqsadida taşkilot tomonidan maktab öquvçilari orasida turli mavzularda inşolar tanlovlari ötkazilib, tanlov ğoliblari va iştirokçilari qimmatbaho sovğalar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib kelinmoqda.
Navbatdagi “Yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzi könikmalarini keng tarğib qiliş, ularni giyohvandlik, içkilikbozlik turli axloqsizliklardan himoya qiliş” mavzusidagi davra suhbati tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 50-sonli umumtaʼlim maktabida ötkazildi. Tadbirda şifokorlar, Içki işlar bölimi xodimlari, faol ota-onalar, maktabning yuqori sinf öquvçilari, öqituvçilar iştirok etişdi.
Davra suhbatini 50-sonli maktab direktori Alişer Eşniyozov kiriş sözi bilan oçdi hamda boşqarib bordi. U yiğiliş kun tartibidagi barça masalalar yuzasidan qatnaşuvçilarni taniştirib ötdi.
“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotining raisi Örozali Reyimov öz sözida grant loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati, loyiha doirasida amalga oşirilayotgan işlar hamda ulardan kutilayotgan natijalar haqida gapirib ötdi. Şuningdek, bugungi kunda ijodkor yoşlarga qaratilayotgan eʼtibor va ğamxörliklar, ularni qöllab-quvvatlaş, xususan ularning ijod mahsullarini gazetalar va Amudaryo televideniyesida yoritib boriş borasida olib borilayotgan işlarga töxtalib ötdi.
Hududdagi 3-sonli oilaviy poliklinika boş şifokori Jahongir Pirmonov sözga çiqib soğlom turmuş tarzi könikmalarini tarğib qiliş borasida, şuningdek, bu borada kun tartibiga qatʼiy amal qilib boriş zarurligini hayotiy misollar orqali yoşlarga tuşuntirib berdi. Soğlom turmuş tarzning garovi doimiy harakat va jismoniy maşqlar bilan muntazam şuğullanib boriş ekanligini taʼkidlab ötdi.
Yoşlar örtasida jinoyatçilik, huquqbuzarlikning oldini oliş hamda ularni giyohvandlik, içkilikbozlik, turli axloqsizliklardan himoya qiliş borasida “Oq oltin” ovul fuqarolar yiğini profiliaktika noziri Marat Sipatdinov sözga çiqib, bugungi kunda öquvçi-yoşlarning turli huquqbuzarlik va jinoyatçilikka yöl qöymasliklari uçun Özbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi hamda Jinoyat töğrisi Kodeksi körsatiladi javobgarlik haqidagi nizomlardan misollar keltirib, yiğiliş iştirokçilariga maʼlumotlar berib ötdi.
Faol ota-onalar nomidan mehnat faxriysi Zulfiya Bekimbetova sözga çiqib farzand tarbiyasida ota-onalar va öqituvçilar, mahalla ahli birdek masʼul ekanligini alohida taʼkidladi. Maktabning 8 B-sinf öquvçisi Rayhona Tojiboyeva esa özining yangi yozgan şeʼrlaridan öqib berdi.
Tadbir söngida 50-sonli maktabning maʼnaviy maʼrifiy işlar böyiça direktori örinbosari Akram Qurbonboyev mazmunli suhbatlari uçun davra suhbati taşkilotçilariga maktab maʼmuriyati tomonidan teran minnatdorçilik bildirdi.
Ö.REIMOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶