«USTOZNI ESLAB» NOMLI XOTIRA TADBIRI ÖTKAZILDI
Özbekistondagina emas, Turkmaniston, Tojikiston, Qirğiziston davlatlarida ham özining sohir ovozi bilan kuylagan qöşiqlari, xalq dostonlari bilan maşhur bölgan Nazir qori Nahimov qisqagina, 47-yil umr körgan bölsa-da özidan asrlarga totugulik maʼnaviy meros qoldirdi.
U 1930-yilda Xorazm viloyatining Manğit tumanida tuğilgan. U dunyoga tabiatan közi ojiz bölib kelgan bölsa-da, Yaratgan benazir qobiliyat hamda oliyjanoblik, odamiylik xislatlari bilan siylagan edi. Şu boisdan közi ojizlar maktabida tahsil oliş bilan birga 10 yoşidan boşlab soz çalib, aşulalar ijro qilgan.
Uni qobiliyatli deyiş kamlik qilar edi. Çunki Nazir Rahimov Amudaryo sanʼatining darğasi, noyob, betakror ovoz sohibi, aşulabop şeʼrlar muallifi, öz şeʼrlariga özi musiqa bastalab, elga inom etgan serqirra ijodkor edi, u aşula söziga mos çolğu turida dillarni zabt eta oladigan ölmas ohanglar yarata olgan, ijro qilgan edi. Yurtdoşlarimiz bu aşulalarni hamon unutmay, audio tasmalar orqali tinglab, hokisor ijroçisini hurmat-ehtirom bilan xotiralarida saqlab keladi.
Şu yilning 6-may kuni tuman Madaniyat bölimi tomoşalar zalida serqirra ijodkor, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan artist Nazir Rahimov xotirasiga bağişlab “Ustozni eslab” deb nomlangan badiiy keça ötkazildi.
Tadbirga Nazir Rahimovning şogirdlari, sanʼat şinavandalari, mahallalar faollaridan taşqari qöşni tuman va viloyatlardan ham muxlislari, ijodiy hamkorlik qilgan sanʼatkorlar iştirok etdilar.
Tadbirni suxandan Oybek Begimov boşqarib bordi. U dastlab Nazir qori Rahimov hayoti va ijodiy faoliyati xususida gapirdi va ustoz sanʼatkorning yölini davom ettirayotgan farzandlari, nevaralari ijodiga ham töxtaldi.
Tadbirda sözga çiqqan Nazir Rahimovning muxlislaridan biri, taʼlim faxriysi Soliy Sobirov, ellikqalʼalik sanʼatkor Hojiboy Satlikov, qizi Sayyora Abdurahmonovalar u haqdagi xotiralaridan sözlab berdilar.
Navbat Nazir Rahimovga havas qilib qöliga tor olgan, uning qöşiqlarini aytib sanʼatga kirib kelgan tumanimizning iqtidorli öğloni Bahodir Rajabovga berildi. U mamlakatimizning barça hududlari sanʼat şinavandalari Nazir Rahimov ijrosida sevib tinglab, köngillariga muhrlanib qolgan “Kiyik” qissasidan parça ijro qildi.
Şuningdek, Töliboy Yöldoşev, Anvar Xudoyberganov, Murodjon Ibragimov, Muzaffar Ismoilov, Zohidxon Nurimbetov, Ömirbek Törayevlar ustoz sanʼatkor ijro etgan qöşiqlarni tomoşabinlar eʼtiboriga taqdim etdilar.
Şuni eʼtirof etiş kerakki, Nazir Rahimov ijro etgan qöşiqlar öziga xos ohangdorligi, sözlari maʼnoliligi va kişi qalbining nozik torlarini çerta olişi, eng pokiza taassurotlar uyğota olişi bilan kişi xotirasida mustahkam örnaşib qolar edi. Uning qöşiqlarini yoş-u keksa barça sevib tinglaşi, öziça xirgoyi qilişga harakat qilişi ham şundandir, balki?
Quvonç bilan aytiş mumkinki, Nazir Rahimov qöşiqlarining yoş şinavandalari, ularni ijro etişga iştiyoqmandlari ham köp.
Tadbirda Qiliçboy Madaniyat markazi aşula tögaragi iştirokçilari, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi öquvçilari ijrosida ustoz snʼatkor yaratgan qöşiqlarni tinglaganlarning közlariga yoş qalqdi. Bu Nazir Rahimov qöşiqlari hozirgi yoşlar könglini ham zabt etayotganini körsatadi. Demak u özining ulkan maʼnaviy merosi bilan doimo barhayot! Sanʼat, sanʼat şinavandalari bor ekan, demak Nazir Rahimov nomi yaşayveradi!
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶