28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:02
Qishloq xoʻjaligi 👁 430

GʻALLA OʻRIMIGA TEXNIKALAR TAYYoRGARLIGIGA BAGʻIShLANGAN KOʻRGAZMALI SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

GʻALLA OʻRIMIGA TEXNIKALAR TAYYoRGARLIGIGA BAGʻIShLANGAN KOʻRGAZMALI SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

Tumanimizda gʻallachilik boʻyicha 2 ta klaster – “Qipchoq g‘alla klaster” va “Amu Rich Xarvest” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 344 ta fermer xoʻjaliklarida jami 6000 gektar gʻalla maydoni mavjud.

2021-yil kuzida 2022-yil hosili uchun gʻalla ekilgan ushbu maydonlardagi barcha bugʻdoy maysalari hozirgi kunda boshoqlash fazasida rivojlanmoqda. Shu kungacha bugʻdoyzorlar agrotexnika qoidalari asosida parvarish qilindi.

Hozirgi kungacha gʻalla maydonlarini har gektariga 200 kilogramm hisobida uchinchi marta azotli mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Begona oʻtlarga, zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik ishlov berildi. Natijada barcha maydonlarda yuqori hosil toʻplanishiga erishildi.

Yaqin kunlar ichida joriy qishloq xoʻjaligi yilining ilk hosili – gʻalla oʻrim-yigʻimiga kirishiladi. Bu jarayonda texnikalar kuchidan – kombaynlar, transport traktorlaridan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Joriy yilgi gʻalla oʻrim-yigʻimini namunali tashkil etish, yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan yigʻishtirib olish yuzasidan qizgʻin tayyorgarliklar olib borildi.

Shu yilning 12-may kuni “Agroservis MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ustaxonasida oʻtkazilgan koʻrgazmali seminarda ham texnikalarning mavsumga tayyorgarligi koʻrib chiqildi.

Tadbirga tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, “OʻzAgroinspektsiya” Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Anvar Yoʻldoshev, tumandagi sektorlar rahbarlari, qishloq xoʻjaligi mutasaddilari, dehqon, fermer va tomorqa yer egalari Kengashi masʼullari, fermer xoʻjaliklari raislari hamda fermerlarga xizmat koʻrsatuvchi korxona-tashkilotlar rahbarlari, kombaynlar boshqaruvchilari ishtirok etdilar.

Koʻrgazmali seminarni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ochdi va yaqinlashib kelayotgan masʼuliyatli mavsum - gʻalla oʻrim-yigʻimini uyushqoqlik bilan tashkil etish  borasidagi vazifalarga keng toʻxtaldi. “OʻzAgroinspektsiya” Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Anvar Yoʻldoshev xalqimizning rizq-roʻzi, dehqonlarimiz fidoyi mehnatlari evaziga yaratilgan gʻalla hosili  yigʻim-terimi mavsumida ishtirok etadigan barcha korxona-tashkilotlar rahbarlariga ishlarni uyushqoqlik bilan tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Tadbirda joriy yilgi gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumida 16 dona yuqori unumli oʻrim kombaynlari ishtirok etishi, shularning barchasi “Agroservis MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustaxonasiga taʼmirga tortilib, toʻla taʼmirlanib, tayyorlov chizigʻiga qoʻyilganligi va sertifikat asosida qabul qilib olish ishlari amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, oʻrim kombaynlari mavsum oldidan texnik koʻrikdan oʻtkazilib, yongʻinga qarshi vositalar bilan jihozlangani, kombayn operatorlari va otryad aʼzolarining favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda qanday harakat qilishi, xavfsizlik boʻyicha tavsiyalar, yongʻinlarning oldini olish yuzasidan yoʻl-yoʻriqlar berildi.

Koʻrgazmali seminarda gʻalla oʻrimiga tayyorgarlik boʻyicha mavjud kamchiliklar ham tilga olinib, ularni bartaraf etish masʼullarga topshirildi. Shuningdek, gʻalla oʻrim-yigʻimida ishtirok etadigan 16 ta kombaynlar operatorlariga masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxta toʻqimachilik klasteri tomonidan ragʻbat sifatida un, moy kabi oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026