Oʻquvchi yoshlar oʻrtasida “Giyohvandlikka qarshi kurash” mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi
Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 86-sonli maktab binosida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida “Giyohvandlikka qarshi kurash” mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tuman Davlat xavfsilik xizmati, Ichki ishlar boʻlimi, tibbiyot birlashmasi xodimlari va mahalla faollari, maktabning yuqori sinf oʻquvchilari hamda pedagog hodimlar ishtirok etishdi.
Yigʻilishda kun tartibidagi masala yuzasidan soʻzga chiqqanlar giyohvandlik – jinoyatchilik va zoʻravonlikni keltirib chiqaradigan sabablardan biri ekanligi haqida soʻz yuritdilar. Giyohvandlikka qarshi kurashish, respublikamiz hududiga narkotik moddalar kirib kelishi va tarqalishining oldini olishda huquq-tartibot idoralari tomonidan keskin kurash olib borilayotgani taʼkidlandi.
Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasining narkolog vrachi oʻz soʻzida giyohvand moddalarning inson organizmiga salbiy taʼsiri, giyohvandlik natijasida kelib chiqadigan kasalliklar yuzasidan gapirib, ayniqsa, buning natijasida asrimizning eng xavfli kasalliklari –OIV infeksiyasi va boshqa turdagi yuqumli kasalliklarning tez tarqalishi uchun sharoit yaratilishini misollar bilan isbotlab oʻtdi. Shu bilab birga, soʻzi yakunida ushbu illatga qarshi kurash boʻyicha vrach sifatida oʻzining takliflarini bildirdi.
Uchrashuvda soʻzga chiqqanlan giyohvandlik oqibatida kelib chiqadigan jinoiy ishlar, salbiy harakatlar yuzasidan ham hayotiy misollar orqali gapirdi. Yoshlar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni salbiy taʼsirlardan saqlash eng xavfli jinoyatlardan biri hisoblangan, insoniyat tomonidan “Asr vabosi” deb tan olingan giyohvandlik illatiga qarshi kurash, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodni bu illat domiga tushib qolishlarini oldini olish oldimizda turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Giyohvandlikka ruju qoʻygan kishilarda vatanga muhabbat, ota-onasiga, yaqinlariga boʻlgan hurmatni yoʻqolib borishi, buning natijasida oilasi, yaqinlariga moddiy va maʼnaviy zarar keltiruvchi salbiy harakatlarni malga oshirishi, hatto qotillikgacha borib yetishi haqida gapirildi.
Uchrashuvda soʻzga chiqqan ota-onalar maktab pedagoglarini, ota-onalarni oʻquvchilar orasida giyohvand moddalarni tarqalishini oldini olish, bunga qarshi kurashga chaqirib, bu jarayonda mahalla faollari ishtirokini yanada kengaytirish yuzasidan oʻz takliflarini aytib oʻtdi.
Taʼkidlash joizki, giyohvandlik va giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatlarining oldini olish maqsadida davlatimiz tomonidan mustahkam huquqiy asoslar yaratilgan.
Xususan, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni noqonuniy ravishda tashib kirish, hududdan oʻtkazish, saqlash, sotish, tarqatish, taqsimlash, joʻnatish hamda tarkibida giyohvand moddalari bor oʻsimliklarni yetishtirish kabi holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Bugungi kunda mamlakatimiz boʻylab, yoshlar oʻrtasida giyohvandlik moddalar isteʼmol qilinishiga qarshi kurash, ularning zararli oqibatlarining oldini olish borasida keng qamrovli ishlar olib borilayotgani natijasida giyohvandlik bilan bogʻliq jinoyatlar soni tobora kamayib bormoqda.
Sevara ISMOILOVA, QDU talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶