Yosh shashka va shaxmatchilar musobaqasi
Tumanimizda shaxmat va shashka sportini yanada kengroq targʻib qilish va ommaviylashtirish, havaskorlarning hamda yosh shaxmatchilarning sport malakalarini oshirish, oʻquvchilarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, qadimiy aql-idrok oʻyini sanalgan shaxmat sanʼatini maʼnaviyatimizning boʻlagi sifatida eʼzozlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodning mantiqiy tafakkur darajasini oʻstirish, yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy ravishda jalb qilish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish va ularning oʻzaro madaniy – sport aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsadida "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi, tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi, tuman Ichki ishlar boʻlimi, tuman Tibbiyot birlashmasi, "Bolalar sportini rivojlantirish” jamgʻarmasi, Amudaryo televideniyesi, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi hamkorligida 2-sentyabrdan 15 sentyabrgacha "Shaxmat va shashka” turniri musobaqalarining "Mahalla birinchiligi” bosqichlari 47 ta fuqarolar yigʻinlarida oʻtkazildi. Musobaqalarda jami 300 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
Turnir gʻoliblari musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldilar.
Gavhar Chimbaychiyeva, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶