28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:21
Madaniyat 👁 804

IQTIDORLI SOZANDA

IQTIDORLI SOZANDA

Soz va musiqa sehriga maftun boʻlmaydigan inson boʻlmasa kerak. Ajdodlarimiz maʼnaviy hayotining mahsuli boʻlgan musiqa sanʼati, uning sehrli olami har kimni ham oʻziga tortadi.
Sanʼat sohasini tanlagan, yaqindan beri tuman Madaniyat boʻlimidagi musiqa toʻgaragiga rahbarlik qilib, oʻquvchi-yoshlarga qashqar rubobini chalishni oʻrgatib kelayotgan Ilyosbek Oʻrinboyev yosh boʻlishiga qaramasdan koʻplab shogirdlar orttirishga ulgurdi. Oʻzining oliygohda oʻrgangan bilimlarini sidqidildan kichik havaskorlarga oʻrgatib kelayotgan bu iqtidorli yigit tez fursatda ham ustozlari va hamkasblarining, ham tobora safi ortayotgan shogirdlarining mehrini qozonishga ulgurdi.
Ilyosbek 1996-yilda Tosh yop ovulidagi namunali oilalardan biri boʻlgan Ilhom aka Xudoyorov va Rohatoy opa Yusupovalar xonadonida dunyoga keldi. Bu xonadon aʼzolarining sanʼatga mehri boʻlakcha boʻlgani sababli u ham soz chalishga kichikligidan qiziqdi. Otasi Ilhom aka tumandagi 4-sonli MTTda musiqa oʻqituvchisi boʻlganligi sababli Ilyosbekning iqtidorini rivojlantirishga eʼtibor qaratib, musiqa asboblarini chalishni oʻrganishiga sharoit yaratdi. Ovuldagi 5-sonli maktabga 2003-yilda 1-sinfga qadam qoʻygan Ilyosbek musiqa darslarini alohida diqqat bilan kuzatar, ustozi bergan bilimlarni qunt bilan oʻrganardi. Ayniqsa, maktabda oʻtkaziladigan bayram tadbirlarida ishtirok etib, birorta qoʻshiq kuylash uning jonu-dili edi.
Maktabdagi musiqa fani oʻqituvchisi tavsiyasi, qolaversa, Ilyosbekning oʻzining tobora ortayotgan qiziqishi sababli uni tumandagi musiqa maktabidagi toʻgaraklarga qatnab, qashqar rubob chalishni mukammal oʻrgana boshladi. Bu bilan cheklanib qolmasdan, mashgʻulotlar davomida sanʼat, musiqa sirlarini ham chuqurroq bilib olishga intildi. Turli tadbirlarda oʻzining iqtidorini namoyon etib, eʼtiborga tushgan yosh havaskor 2012-yilda umumtaʼlim maktabini tugatganidan soʻng, Nukus madaniyat va sanʼat kollejining xalq cholgʻulari boʻlimida tahsil oldi va 2015-yilda qashqar rubob mutaxassisligini  tugatdi.
Ilyosbek 2017-21-yillarda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida folklor-etnografiya yoʻnalishida oʻqib tahsil oldi. U talabalik davrida ham tirishqoqligi, intiluvchanligi bilan ustozlarining olqishiga sazovor boʻldi, samimiyligi, eʼtiborliligi bilan doʻstlarining qalbidan joy oldi. Darslardagi bilim bilan cheklanib qolmasdan, oʻzi mustaqil izlanib oʻrganishdan erinmaydigan Ilyosbek atrofdagilarga bilganlarini oʻrgatishdan aslo charchamadi. Ayniqsa, qoraqalpoq milliy cholgʻusi boʻlgan alamuynaq dutorini chalishga juda qiziqdi va oʻrganib, folklor qoʻshiqlarini shu soz joʻrligida kuylashni eng sevimli mashgʻulotiga aylantirdi.
 Bugungi kunda tuman Madaniyat boʻlimidagi faoliyati davomida ham qisqa fursat ichida namunali xulqi va tirishqoqligi bilan jamoa orasida obroʻ-eʼtibor topishga erishdi. Ayni paytda Ilyosbek nafaqat tumanda, balki Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan  bayram  tadbirlarda, tanlovlarda ham faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bekamu-koʻst  bajarib,  fidoyilik bilan  mehnat  qilmoqda.
Oilada Ilyosbekning ukalari Anvar, Sardorlar ham otasi Ilhom aka va akasining izidan borib, sanʼat yoʻnalishiga ixlos qoʻyishgan. Ular ishdan boʻsh vaqtlarida uydagi pianino va boshqa musiqa asboblarida turli kuylarni chalishni mashq qilishadi. Qarindosh, qoʻni-qoʻshnilarning tuy-hashamlarida shirali ovozda qoʻshiq aytib, barchani xushnud etishadi.
Iqtidorli sozanda Ilyosbek qashqar rubobini qoʻliga olib, maqom kuylarini maromiga keltirib chalganida davralarga fayz kiradi. Har qanday tinglovchi u chalgan musiqani, kuylagan qoʻshiqni maroq bilan tinglaydi. Tuman Madaniyat boʻlimidagi bu eng yosh murabbiy havaskorlarga milliy cholgʻu asboblarini chalishni, sanʼatni qadrlashni oʻrgatish, ularning iqtidorlarini rivojlantirish bilan birga, oʻzi ham oʻzbek estradasi yoʻnalishida ijod qilib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshishni ezgu maqsadiga aylantirgan. Hozirda u mana shu niyatini amalga oshirish yoʻlida sidqidildan harakat qilmoqda.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026