Hokim yordamçisining kömagi bilan tadbirkor suv tozalaş uskunasi örnatib, 4 ta maşina yordamida aholiga kuniga 10-15 tonna tozalangan suv yetkazib bermoqda
Amudaryo tumanining 3-sektori hududida joylaşgan Bobur nomli ovulda 873 ta xonadonda 1264 ta oilalar istiqomat qiladi. Şundan 321 tasi yoş oilalar hisoblanadi. 478 gektarlik hududni egallagan ovulda jami 4542 nafar özbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, rus, tatar kabi turli millat vakillari ahil-inoq yaşab, özlarining hayotlarini öz mehnatlari bilan obod, farovon va tökin qilişga intilişmoqda. Hududdagi biri-biridan muhtaşam, zamonaviy binolar, turar joylar, ravon, keng yöllar ezgu niyatlar yölida qilinayotgan mehnatlarning natijasidan darak berib turibdi.
Ovul fuqarolar yiğini masʼullari har yili yil boşida hududdagi kam taʼminlangan, işsiz aholini röyxatga olib, uşbu oilalarning daromad manbaiga ega bölişi, iqtisodini tiklaşiga harakat qilmoqda.
Aytiş joizki, ovulda 861 ta xonadon tomorqa yeriga, şundan 216 ta xonadon esa qöşimça tomorqa yeriga ega bölib, umumiy maydoni 110 gektarni taşkil etadi. 28 ta xonadonda qişda ham turli sabzavotlar, ertagi ekinlar köçatlari yetiştiruvçi issiqxonalar mavjud. 821 ta oilada uy parrandalari qöşimça daromad keltirmoqda. Şuningdek, 2476 boş yirik şoxli qoramollar, 160 boş qöy va eçkilar namunali boqilib, aholining çorva mahsulotlariga bölgan ehtiyojini qondirişga xizmat qilmoqda.
2021-yil boşida 58 nafar ayol “Ayollar daftari”ga, 115 nafar yoşlar esa “Yoşlar daftari”ga kiritilgan edi.
Uşbu fuqarolarning köpçiligi mehnatga layoqatli bölganligi tufayli ularning iş bilan band bölib, doimiy daromad manbaiga ega bölişiga va oilasida qöşimça daromad olişiga kömaklaşiş maqsadida çorva mollari boqiş, tomorqasidan unumli foydalanişga jalb etildi.
Joriy yilning özida tuman hokimining mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça yordamçisi Alişer Yöldoşev ovul fuqarolar yiğini masʼullari bilan hamkorlikda hududdagi oilalarni xatlovdan ötkazib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, şuningdek işlaş istagidagi işsiz yoşlarni, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş istagidagi fuqarolarni aniqlab, kerakli amaliy yordamlarni körsatib kelmoqda.
Hokim yordamçisining bevosita aralaşuvi va kömagi bilan ovulda yaşovçi fuqaro Baxtiyor Xidirboyev 33 mln. söm imtiyozli kredit hisobiga suv tozalaş uskunasini örnatdi va 7 ta yangi iş örni yaratdi. Şuningdek Javlon Qutlimurodov ham suv tozalaş uskunasi örnatib, 4 ta maşina yordamida aholiga kuniga 10-15 tonna tozalangan suv yetkazib bermoqda.
Uy bekasi Matluba Abdullayeva 33 mln. söm kredit hisobiga 20 ta zotdor qöy sotib olib, parvariş qilayapti. Nizomiddin Xalillayev 2 sotixlik issiqxonada limon yetiştirişni, yölga qöygan. Bobur nomli ovulda yaşovçi yana bir fuqaro Maxsuda Samandarova esa yiğin binosining böş turgan xonasida tikuvçilik tsexi taşkil qilib, hududning 4 nafar ayol-qizlarini iş bilan taʼminladi.
Harakatda – barakat, deydi xalqimiz. Çindan-da, çor-atrofimizga nazar solsak, könglida ezgu niyati, bilagida kuçi bor, yaxşi yaşaşga intilgan odamlarning hayoti fayzli, obod bölayotganini köramiz.
Tumanimizning ovul va mahallalarida faoliyat yuritayotgan hokim yordamçilari ana şunday fuqarolarning intilişlarini qöllab-quvvatlab, amaliy yordamlar berayotgani nur ustiga aʼlo nur bölayotir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶