14.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
14.11.2026, 03:38
Siyosat 👁 2,772

Özbekiston paxtakorlari va barça mehnatkaşlariga

Özbekiston paxtakorlari va barça mehnatkaşlariga
Aziz mirişkor paxtakorlar!
Qadrli dehqon va fermerlar!
Siz, azizlarni şu kunlarda öta maşaqqatli, şu bilan birga, şarafli mehnatingiz evaziga 3 million 400 ming tonnadan ziyod yuksak paxta xirmoni bunyod etib, şartnoma majburiyatingizni ado etganingiz bilan samimiy tabriklaşdan, çin qalbimdan hurmat va ehtiromimni bildirişdan baxtiyorman.
Paxta östirişning özi har qaysi dehqon, fermer va mutaxassisdan naqadar murakkab va oğir mehnatni, çuqur bilim va tajribani, ona yerimizga mehrini berib, tuproq bilan tillaşib yaşaşni, lönda qilib aytadigan bölsak, kundalik fidoyilikni talab qilişini butun elimiz, xalqimiz yaxşi biladi va bu yilgi mavsumda qölga kiritgan zafarlaringizni yuksak baholaydi, desam, ayni haqiqatni aytgan bölaman.
Xalqimizda, dehqon uçun oson yilning özi bölmaydi, degan teran maʼnoli ibora bor. Bu yilgi mavsum bu fikrni yana va yana bir bor tasdiqlab bermoqda. Bahor faslida havo haroratining odatdagidan nisbatan past bölgani, çigitning unib çiqişi 8-10 kunga keçikkani, ayrim hududlarda ğözani sel va döl urib ketgani, turli kasallik va zararkunandalar köpaygani, yozdagi suv tanqisligi, kuzning ança erta va salqin kelgani dehqon va fermerlarimiz uçun jiddiy qiyinçiliklar tuğdirdi.
Joriy mavsumning mana şunday noqulay va murakkab kelişiga qaramasdan, birinçi navbatda köp yillar davomida töplangan tajriba va zamonaviy agrotexnikani samarali qöllaganimiz, şular qatorida öz vaqtida ğözani "şarbat” usulida suğorib, mahalliy öğitning orttirib berilgani, olim va mutaxassislarning tavsiya va maslahatlari tufayli, qanday oğir bölmasin, hosilni saqlab qolişga erişganimiz, bir söz bilan aytganda, dehqon va fermerlarimizning mardligi va matonati, taşabbuskorligi bu yilgi yutuğimizning qadr-qimmatini yanada oşiradi.
Şu maʼnoda, bugungi yuksak xirmonni bunyod etişda özini ayamasdan, jonbozlik körsatib, aytiş mumkinki, qahramonona mehnat qilgan fermer va dehqonlarimizga öz nomimdan, butun xalqimiz nomidan minnatdorçilik izhor etib, ularga tahsin va tasannolar bildirişni ham qarz, ham farz, deb hisoblayman.
Aziz döstlar, muhtaram yurtdoşlar!
Heç kimga sir emas, yurtimiz dalalarida yetiştiriladigan hosilning, xususan, paxta xomaşyosining taqdiri birinçi navbatda yer unumdorligiga bevosita boğliq. Ayni vaqtda dehqonçilikda har qaysi ekin maydoni, har qanday tuproq unumdorligining ham çegarasi borligini unutmasligimiz kerak.
Şu bois barçamizni boqadigan ona zaminimizning kelajagini öylab, yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş böyiça qabul qilgan davlat dasturi doirasida amalga oşirgan ulkan işlarimiz qişloq xöjaligida qanday katta buriliş yasaganini bugun köp-köp misollarda yaqqol köriş mumkin. Ötgan 6 yil davomida mamlakatimiz böyiça 1 trillion 300 milliard söm mablağ hisobidan 1 million 750 ming gektar suğoriladigan yerning meliorativ holati yaxşilandi. Faqatgina keyingi ikki yilda paxtaçilik böyiça hosildorlik 24 tsentnerdan 26,5 tsentnerga oşgani ana şunday keng kölamli işlarimizning muhim natijasi böldi, desak, yanglişmagan bölamiz.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda yangi ğöza navlarini yaratiş, selektsioner olimlarimizni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning mehnatini rağbatlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar tufayli 100 dan ortiq yangi navlar yaratilgani, ularning 27 tasi davlat reyestriga kiritilib, amalda joriy etilayotgani uşbu tarmoqning izçil rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.
Şu bilan birga, eʼtirof etişimiz kerakki, bugungi kunda Özbekiston şaroitida har qaysi viloyat va tuman uçun mos keladigan, serhosil, yuqori sifatli tola beradigan, ertapişar ğöza navlarini çiqariş va rayonlaştiriş eng dolzarb, yeçimini barça dehqonlarimiz orziqib kutayotgan muammo bölib qolmoqda. Ana şu muhim masalani hal etiş avvalo mutasaddi olimlar, selektsiya sohasida işlayotgan mutaxassislarning asosiy vazifasi ekanini yaxşi bilamiz va ulardan bunday ğöza navlarini tezroq yaratişlarini kutamiz.
Bu yilgi mavsum davomida biz duç kelgan murakkab sinov va qiyinçiliklarni bartaraf etişda intensiv agrotexnologiyalardan oqilona foydalanib, ğöza qator oralari har yilgidan 4-5-marta köp, örtaça 12 martadan ziyod sifatli kultivatsiya qilingani, gektariga 5 tonnadan, jami 13 million tonnadan ortiq mahalliy öğit berilgani alohida ahamiyat kasb etdi.
Bugun barçamizga ayon – biz qölga kiritayotgan yutuq va marralarning asosiy garovi va hal qiluvçi kuçi bölmiş fermerlik harakatining oldida turgan muammolarni yeçiş, uning qişloq xöjaligi samaradorligini oşiriş, qişloq hayotidagi rolini kuçaytiriş böyiça olib borayotgan işlarimiz avvalo bu yilgi mavsumni uyuşqoqlik bilan ötkazişda, yetiştirilgan möl hosilni yoğin-soçinli kunlarga qoldirmasdan yiğib-terib olişda mustahkam zamin tuğdirdi, desak, har tomonlama örinli böladi.
Buning yaqqol tasdiğini respublikamiz paxta xirmonining qariyb 90 foizi yuqori sortlarga topşirilgani ham isbotlab beradi.
Nafaqat qişloq xöjaligi, balki iqtisodiyotimizning barça soha va tarmoqlarida erişayotgan marralarimiz avvalambor xalqimizga xos mehnatsevarlik, mardlik va matonat kabi fazilatlarda, hayot özgarişi bilan odamlarimizning ongu tafakkuri tobora özgarib, ularning öz yeriga egalik, masʼuliyat va daxldorlik tuyğusi, öz mehnatidan manfaatdorlik hissiyoti ortib borayotganida namoyon bölmoqda va xalqimizning ertangi kunga bölgan işonçini yanada mustahkamlamoqda.
Mana şu quvonçli ayyomda öz şartnoma majburiyatlarini birinçilardan bölib ado etgan Andijon viloyati, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy, Xorazm, Buxoro viloyatlari, barça viloyatlarimiz mehnatkaşlari mamlakatimizning yuksak paxta xirmoniga munosib hissa qöşganini minnatdorlik bilan taʼkidlaşni istardim.

Ayniqsa, Amudaryo, Ellikqalʼa, Oltinköl, Paxtaobod, Baliqçi, Peşku, Olot, Muborak, Yakkaboğ, Qiziltepa, Navbahor, Namangan, Narpay, Qumqörğon, Beşariq, Quva, Gurlan, Xonqa, Xiva tumanlari dehqon va fermerlari belgilangan rejani qisqa fursatda, 20-25 kunda bajarib, köpçilikka örnak va namuna bölgani tahsinga loyiqdir.

Buxoro tumanidagi "Islom Narziobod”, Jondor tumanidagi "Jonibek Farhod”, Arnasoy tumanidagi "Sangzor”, Döstlik tumanidagi "Eşniyoz bobo”, Mirişkor tumanidagi "Kamalak”, Şahrisabz tumanidagi "Umida ona öğli”, Navbahor tumanidagi "Arslon bobo”, Karmana tumanidagi "Avez bobo”, Paxtaçi tumanidagi "Mirzayev Şuhrat”, Qumqörğon tumanidagi "Munçoqtepa istiqboli”, Bekobod tumanidagi "Komiljon”, Hazorasp tumanidagi "Ğofur Ruhiya”, Xonqa tumanidagi "Madir Xonqa” singari hosildorlikni gektaridan 45-52 tsentnerga yetkazib, yuksak natijalarga erişgan ilğor fermer xöjaliklariga samimiy taşakkur bildiraman.
Şular qatorida fidokorona mehnat qilib, katta hurmat va ehtiromga sazovor bölgan fermer va dehqonlarimizga, Vatanimizning ulkan xirmoniga munosib hissa qöşgan barça-barça insonlarga "Balli sizga, azizlarim!” deb, ularni çin qalbdan tabriklaş menga katta xursandçilik bağişlaydi.
Muhtaram döstlar!
Mustaqillik yillarida Özbekistonning paxtaçilik sohasida yetakçi mamlakatlardan biri sifatidagi obröyi va nufuzi tobora ortib borayotgani ayniqsa eʼtiborlidir.
Yaqinda Toşkent şahrida bölib ötgan öninçi Xalqaro Özbekiston paxta va töqimaçilik yarmarkasida 50 ga yaqin davlatdan dunyo bozorida nom qozongan 1000 dan ziyod yirik firma va kompaniyalarning vakillari iştirok etib, dehqonlarimizning peşona teri bilan yetiştirilgan paxta tolasiga, avvalambor, uning yuksak sifatiga katta qiziqiş bildirgani ham şundan dalolat beradi.
Maʼlumki, 90-yillarda yurtimizda yetiştirilgan jami paxta tolasining atigi 7 foizi özimizda qayta işlanar edi. Ötgan qisqa davrda bu boradagi körsatkiç 6 barobardan ziyod köpaygani hamda bugungi kunda 44 foizni taşkil etib, çet mamlakatlarga sotilayotgan paxta tolasiga yana qöşimça qiymat qöşişga imkoniyat yaratayotgani şu yönalişda uzoqni közlab olib borayotgan işlarimizning amaliy samarasidir.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, joriy yilda paxtaçilikdan olinadigan yalpi daromad ötgan yilga nisbatan 12 foiz yoki 400 milliard sömdan ortişi kutilmoqda. Bu yil paxta xomaşyosini yuqori sortlarga sotişning özidan fermer xöjaliklari 200 milliard sömdan ziyod qöşimça daromad olişga muvaffaq bölişdi. Buning hisobidan biz dehqon va fermerlarimizning, qişloq ahlining daromadlarini oşirişga, közlagan ezgu marralarimizga yetiş, el-yurtimizni yanada obod va farovon bölişiga erişamiz, inşoollo.
Aziz va muhtaram vatandoşlarim!
Mana şunday xursandçilik kunlarda barçangizni mamlakatimiz taraqqiyoti yölida qölga kiritilgan katta mehnat ğalabasi bilan yana bir bor çin qalbimdan tabriklayman.
El-yurtimiz, xonadonlarimizdan fayzu baraka, tinçlik-osoyiştalik arimasin!
Yaratganimizning özi barçamizga doimo madadkor bölsin!
Heç qaçon kam bölmang, halol mehnatingizning rohatini köring, azizlarim, qadrdonlarim!
Islom Karimov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti
🎬 Videogalereya Barçasi →
Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026