28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:16
Fan va taʼlim 👁 422

XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASIDA XAYRIYa AKTsIYaSI OʻTKAZILMOQDA

XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASIDA XAYRIYa AKTsIYaSI OʻTKAZILMOQDA

Shu kunlarda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida koʻp yillar davomida faoliyat yuritgan faxriy oʻqituvchilar holidan xabar olish aktsiyasi oʻtkazilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topshirigʻiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalqi hayoti bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish jarayonida xalq taʼlimi tizimiga taalluqli masalalarga ham alohida eʼtibor qaratilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimida koʻp yillar davomida faoliyat yuritgan fahriy oʻqituvchilar, kam taʼminlangan oila farzandlari hamda sogʻligida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilar holidan xabar olinib, ularning hayotiga doir muammolarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Ushbu aktsiya doirasida Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Vahobjon Rajabov rahbarligidagi aktsiya tashkilotchilari Amudaryo tumanida ham boʻlishib, nafaqadagi faxriy oʻqituvchilar holidan xabar oldilar va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi nomidan 7 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari toʻplami, esdalik uchun maxsus tabriknoma va yana boshqa qimmatbaho sovgʻalarni topshirdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Vahobjon Rajabov rahbarligidagi aktsiya tashkilotchilari oʻzining butun ongli hayotini yosh avlod taʼlim tarbiyasiga bagʻishlagan, ayni damda keksalik gashtini surayotgan faxriy oʻqituvchi Durdiboy ota Yerdoshev xonadonida boʻlishdi.

Durdiboy ota Yerdoshev aktsiya tashkilotchilari, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Vahobjon Rajabov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Akbar Rayimovlarning tashrifi hamda hukumatimizning faxriy oʻqituvchilarga koʻrsatayotgan hurmat-eʼtibori va gʻamxoʻrligidan chin dildan minnatdor boʻldi. Xonadoniga tashrif buyurgan mehmonlar bilan samimiy muloqot qilib, mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan oʻzgarish va yangilanishlar, zamonaga mos ravishda sohaga tatbiq etilayotgan islohotlar xususida toʻlqinlanib soʻzladi.

Xalqimiz bejizga ustoz otangday ulugʻ, degan purmaʼno hikmatni yaratmagan. Chunki, bizga oq-qorani tanitib, mustaqil hayot sari yoʻllagan bu tabarruk zot ota-onamizdan keyin mustaqil hayot boʻstonida doimiy va eng fidoyi jonkuyar doʻst sifatida ilm oʻrgatgan, hayot sinovlarini sabot va matonat bilan yengib oʻtishda eng yaqin maslahatgoʻy, mehribonimiz boʻlgan.

Aktsiya ishtirokchilari shu kuni Quvondiq Tangirberganov, Egambergan Saidov, Shukurjon Xoʻjamurodova hamda Oʻzbekiston Xalq oʻqituvchisi Hayitgul Yoʻldoshevalarning xonadonlarida ham boʻlishib, ularning yashash sharoitlari, kundalik hayotiga oid muammolari bor yoki yoʻqligi bilan qiziqdilar.

Faxriy ustozlar bugungi dorilomon kunlarga cheksiz shukronalik tuygʻularini izhor etishib, mamlakatimizda inson qadr-qimmatini ulugʻlash, uning hayotdan rozi yashashlarini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xususida mamnuniyat bilan fikr bildirdilar.

 Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Vahobjon Rajabov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri birinchi oʻrinbosari Akbar Rayimov va Amudaryo tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismoilovlar xalq taʼlimi sohasida koʻp yillar samarali mehnat qilgan amudaryolik faxriy oʻqituvchilarning samarali mehnatlarini eʼtirof etishib, ularga uzoq umr tilab, hamisha shogirdlari ardogʻida yurishdek samimiy tilaklar bildirishdi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026