Tumandagi 11 ta olis va çekka ovul hamda mahallalarda tibbiyot punktlari taşkil etildi
2022-yil 18-mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining soğliqni saqlaş sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar-inson qadri uçun” mavzusida ötkazgan “oçiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlaştiriş va tibbiy hizmatlar samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 2022-yil 25-aprel kungi Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida köpgina çora-tadbirlar işlab çiqilib, amalga oşirilmoqda.
Xususan, Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli 9 ta oilaviy poliklinikalari va 4 ta oilaviy şifokorlik punktlarida kunduzgi statsionar örinlar iş vaqti soat 20:00 gaça uzaytirildi. Şu bilan bir qatorda 1-sonli oilaviy poliklinikada avval mavjud bölgan 8 ta kunduzgi statsionar örinlariga qöşimça ravişda 2 ta kunduzgi statsionar örinlar taşkil etilib, jami 10 ta kunduzgi statsionar öringa töldirildi. 3-sonli oilaviy poliklinikada avval mavjud 4 ta kunduzgi statsionar örinlariga qöşimça ravişda 6 ta kunduzgi statsionar örinlar taşkil etilib, jami 10 ta, 7-sonli oilaviy poliklinikasida avval mavjud 5 ta kunduzgi statsionar örinlariga esa qöşimça ravişda 5 ta kunduzgi statsionar örinlar taşkil etilib, jami 10 ta kunduzgi statsionar öringa töldirildi.
Bulardan taşqari birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlaştiriş maqsadida tumandagi 11 ta olis va çekka ovul hamda mahallalarga maxsus konteynerlar örnatilib, mahalla tibbiyot punktlari taşkil etildi.
Endilikda Amudaryo tumanining Jumurtov şaharçasi va şaharça hududidagi Qoratoş aholi punkti, Amir Temur va Böz yop ovullari, Yuqori qişloq, Boğ, Qoramon mahallalari, Beş tom mahallasining Xöjaköl aholi punkti, Nazarxon ovuli hududidagi Mayliköl, Bekboy aholi punktlari, Qum yop mahallasining Jumaboy soğa aholi punktida yaşovçi aholi tuman markaziga kelmasdan birlamçi tibbiy-sanitariya xizmatidan foydalanişlari mumkin böladi.
Uşbu ovul va mahallalardagi tibbiyot punktlariga 11 nafar oilaviy şifokorlar hamda örta tibbiyot xodimlari biriktirilgan. Ular mazkur hududlarda yaşovçi aholi salomatligini asraş yölida mehnat qilişmoqda.
Amudaryo tumanining olis va çekka ovul hamda mahallalariga maxsus konteynerlar örnatilib, mahalla tibbiyot punktlari taşkil etilgani mazkur hududlarda yaşovçi 32 mingdan ziyod fuqarolarga öz hududlaridagi mahalla tibbiyot punktlarida taşkil etilgan kunduzgi statsionarlar orqali salomatliklarini mustahkamlaşlari uçun imkon yaratildi.
Mahalla tibbiyot punktlari ertalabki soat 8:00dan keçqurungi 20:00gaça faoliyat olib boradi. Ayni kunlarda aholi yangidan iş boşlagan mazkur tibbiyot punktlariga kelib, birlamçi tibbiy-sanitariya yordamidan foydalanmoqda. Ayniqsa, Oq oltin va Bözyop ovullari, Jumurtov şaharçasiga örnatilgan mahalla tibbiyot punktlari tibbiyot xodimlari xizmatidan aholi juda minnatdor bölişmoqda.

Yaqin kunlarda bu yerlarga taşrif buyuruvçilar uçun yanada yaxşi imkoniyatlar yaratiladi. Kutiş uçun maxsus joylar, keliş-ketiş uçun yölakçalar quriladi. Eng muhimi, çekka hududlar aholisi zarurat tuğilganida tuman markaziga kelib vaqt ketkazib yurmasdan, ovoragarçiliksiz birlamçi tibbiy xizmatdan foydalanişlari mumkin böldi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶