TIBBIYoT BIRLAŞMASIDA SOHADAGI VAZIFALAR IJROSINI TAʼMINLAŞ BÖYIÇA YIĞILIŞ ÖTKAZILDI
Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasida Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida şu yil 17-iyun kungi kengaytirilgan tarzda ötkazilgan videoselektor yiğilişida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlaş böyiça yiğiliş ötkazildi.
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonova iştirokida ötkazilgan mazkur yiğilişni Birlaşma boşliği Farhod Abdullayev olib bordi. Unda Beruniy, Törtköl, Ellikqalʼa tumanlari Tibbiyot birlaşmalarining Köp tarmoqli markaziy poliklinikalari mudirlari, Tibbiyot birlaşmalari boşliqlarining Onalik va bolalikni muhofaza qiliş böyiça örinbosarlari, boş şifokor örinbosarlari, boş akuşer-ginekologlari va Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan Köp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinikalar, Markaziy şifoxona bölim mudirlari, tor doiradagi mutaxassislar iştirok etişdi.
Kun tartibida Özbekiston Respublikasi Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 17-iyun kuni kengaytirilgan tarzda ötkazilgan videoselektor yiğilişida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlaş, bu böyiça har bir tuman uçun “Yöl xaritalari”ni işlab çiqiş va tasdiqlaş masalalari körildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonova sözga çiqdi. Şuningdek, Prezident rahbarligida ötkazilgan videoselektor yiğilişi bayonnomasida belgilangan bandlar yuzasidan interfaol usulda keng va batafsil tuşunçalar berildi. Undan taşqari, onalik va bolalikni muhofaza qiliş xizmatini 2022-23-yillarda yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturini amalga oşiriş borasida bajarilişi lozim bölgan vazifalarga keng töxtalib ötildi.
Taʼkidlanganidek, köp tarmoqli markaziy poliklinikalarda bolalarni ommaviy skrining qiliş va selektiv yöllar bilan onkogemotologik kasalliklarni erta aniqlaş, Ayollar maslahat xonalari va tuğruq muassasalari hamda tibbiy brigada doyalari faoliyatini muvofiqlaştiriş, tuğiş yoşidagi ayollarning elektron bazasini yaratiş, voyaga yetmagan qizlarni erta turmuşga berişga töliq barham beriş eng dolzarb masalalar hisoblanadi.
Şu bilan birga istalmagan homiladorlikning oldini olişga qaratilgan tarğibot işlarini kuçaytiriş, tuğiş yoşidagi ayollar va homiladorlarning bazasini şakllantiriş, har bir tuman uçun “Yöl xaritalari”ni işlab çiqiş bu boradagi işlar samaradorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yiğiliş davomida barça tumanlardan taşrif buyurgan tibbiyot sohasi masʼullari Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonovaga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va tegişli javoblar oldilar.
Yiğiliş söngida barça tumanlardagi Tibbiyot birlaşmalari boşliqlari örinbosarlariga, Onalik va bolalikni muhofaza qiliş böyiça muovinlarga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida şu yil 17-iyun kuni kengaytirilgan tarzda ötkazilgan videoselektor yigilişining tegişli bayonida belgilangan tuğiş yoşidagi ayollar va homiladorlarning marşrutini belgilaş işlarini amalga oşiriş, har bir hudud uçun “Yöl xaritalari”ni işlab çiqiş va tasdiqlatiş vazifasi topşirildi.
Jumaboy Yavqaşev, tuman TTB şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶