28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 22:55
Fan va taʼlim 👁 398

Oʻqituvchilarning Milliy forumi boʻlib oʻtdi

Oʻqituvchilarning Milliy forumi boʻlib oʻtdi

Dunyoda insonlar turli-tuman kasblarda faoliyat olib boradi. Ammo, mana shu kasblar ichida shunday bir kasb borki, u ham sharafli, ham masʼuliyatliligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bu − oʻqituvchilik va murabbiylik kasbidir.

Barcha sohalarning ustalari, mutaxassislari bir kasb egalari mehnati bilan shakllanadi, kamol topadi. Har birimizga kimdir harf oʻrgatib, savodimizni chiqargan. Bugun kim, qayerda, qanday vazifada ishlamasin, qachondir maktabda oʻqigan, ustozlar tarbiyasini olgan. Ilk bor maktabga borgan kunni, qoʻliga qalam berib, yozishni, oʻqishni oʻrgatgan oʻqituvchisini eslamaydigan odam topilmasa kerak.

Ustoz oʻz kasbiga qalb qoʻri bilan kirishmasa, murabbiylik yoʻlida hech qanday yutuqlarga erisha olmaydi. Shu maʼnoda, ustozlar taʼlim tizimida roʻy berayotgan oʻzgarishlarni doimo kuzatib, oʻrganib borishi, yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan qurollanishi, innovatsion usullarda dars oʻta olishi, umuman, har bir oʻquvchini dars jarayoniga qiziqtira bilishi lozim.

24-avgust kuni Amudaryo tumanining Navoiy nomli mahallasi hududida joylashgan 1-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan ustozlar milliy forumi ana shu maqsadlarga qaratildi.

Forumda Amudaryo tumanidagi mavjud 85 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabida faoliyat yurituvchi 600 nafarga yaqin pedagog xodimlar ishtirok etishdi.

Forum ishtirokchilari boshlangʻich taʼlim, chet tili, til va adabiyot, amaliy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, aniq fanlar, tabiiy fanlar kabi yoʻnalishlar boʻyicha guruhlarga boʻlindilar.

Har bir guruhda malakali metodist va oʻqituvchilar oʻzlarining fan dasturlari doirasida hamkasblariga taʼlim jarayonidagi soʻnggi yangiliklar, darsliklarga kiritilgan oʻzgarishlar, yangi darsliklar bilan ishlashning yangicha usullari, taʼlim jarayoniga tadbiq etiladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar, uslublar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdilar. Shuningdek, forum davomida oʻqituvchilar oʻzaro bilim va tajriba almashishdi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, umutaʼlim maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquvchilarning darsliklar bilan toʻliq taʼminlanishi, maktablarning moddiy texnik-bazasi zamon talablariga toʻliq javob bera olishi ham taʼlim sifatining samarali yoʻlga qoʻyilishida muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Taʼlim jarayonining samarali yoʻlga qoʻyilishida Milliy oʻquv dasturi loyihasi ham muhim ahamiyatga ega. Milliy oʻquv dasturi loyihasi doirasida har bir sinf kesimida oʻquvchida rivojlanishi kerak boʻlgan koʻnikmalar belgilab beriladi. Mazkur dastur doirasida 2021-yilda 252 nomdagi yangi zamonaviy darsliklar, oʻquvchi mashq daftarlari hamda pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalari tayyorlanib, maktablarning 1- va 2-sinflarida joriy qilindi. 246 nafar mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida maktablar uchun Milliy oʻquv dasturi yaratilib, oʻquv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Shuningdek, dastur asosida 296 nomdagi yangi avlod darsliklari, mashq daftarlari, oʻqituvchi metodikasi kabi kitoblar yaratildi.

Oʻqituvchilar Milliy forumi davomida ushbu oʻzgarishlar bilan birgalikda oʻtgan oʻquv yilida erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahlil qilindi va kelgusida ularning oldini olish boʻyicha choralar belgilandi.

Milliy forum oʻqituvchilarning yangi oʻquv yilini puxta tayyorgarlik va katta rejalar bilan kutib olishlarida muhim vosita boʻldi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026