29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:35
Siyosat 👁 3,132

Saylovlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

Saylovlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining saylovlar bilan bogʻliq jihatlarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yangi tahrirdagi "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi” qonunda mahallalarning saylov jarayonidagi ishtiroki bilan bogʻliq vakolatlar, aniq belgilab berilgan. Qonunning 11-moddasiga asosan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov boʻyicha uchastka saylov komissiyalarining aʼzoligiga nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga, shuningdek, referendum oʻtkazish boʻyicha uchastka komissiyalarining aʼzoligiga nomzodlarni referendum oʻtkazish boʻyicha tegishli okrug komissiyalariga taqdim etadi hamda xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga ega.

Shuningdek, qonunning 13-moddasiga asosan fuqarolar yigʻini Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda, fuqarolarni qabul qilishda, ularning oʻz saylov okruglarida boshqa vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining saylov jarayonlaridagi ishtiroki bilan bogʻliq vakolatlari boshqa qonunlarda ham belgilab qoʻyilgan. Jumladan, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi qonunda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur maʼlumot va axborot materiallarini olishda yordam koʻrsatishi shartligi belgilab qoʻyilgan.

Shuningdek, "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi qonunda ham fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining saylov jarayonlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq normalar belgilab qoʻyilgan. Ushbu qonunning 6-moddasiga asosan agar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan boʻlsa, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqish jarayonida bittadan kuzatuvchi ishtirokini taʼminlash huquqiga egadirlar. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi tuman, shahar va okrug saylov komissiyalari, shuningdek, uchastka saylov komissiya aʼzolari tegishli qonunchilikka asosan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyasiga koʻra tasdiqlanadi. Deputatlikka nomzod koʻrsatgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari saylov komissiyasi qaroridan norozi boʻlsa, qaror qabul qilingan kundan 10 kun davomida yuqori turuvchi saylov komissiyasiga yoki sudga murojaat qilishlari ham mumkin.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylovlarda deputatlikka nomzod koʻrsatishlari mumkin. Buning uchun deputatlikka nomzod vakillar yigʻilishida bir ovozdan maʼqullanganidan soʻng fuqarolar yigʻini raisi tegishli tuman va shahar komissiyasigafuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi nomzodini roʻyxatga olishini soʻrab ariza bilan murojaat qiladi.

Xulosa oʻrnida shuni aytishimiz mumkinki, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining davlat va jamiyat hayotida hamda mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi roli ortib bormoqda.


Sherzod BOʻRONOV, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026