28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 22:56
Fan va taʼlim 👁 332

MAKTABLARDA BIRINChI QOʻNGʻIROQ JARANGLAB, MUSTAQILLIK DARSLARI OʻTILDI

MAKTABLARDA BIRINChI QOʻNGʻIROQ JARANGLAB, MUSTAQILLIK DARSLARI OʻTILDI

5-sentyabr kuni mamlakatimiz hududidagi barcha maktablarda “Birinchi qoʻngʻiroq” jaranglab, oʻquv yilining dastlabki kuni boshlandi. Oʻqituvchi va oʻquvchilar hayajon bilan yana jonajon va qutlugʻ dargoh ostonasiga qadam qoʻyishdi.

5-sentyabr kuni tumandagi eng ilgʻor maktablardan biri – 40-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Salom, maktabim!” nomli tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari Goʻzal Soburova, tuman Ichki ishlar boʻlimining Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi inspektori Kumushoy Bekmanova, Doʻstlik mahallasi yoshlar yetakchisi Dilmurod Yodgorov, maktab direktori Sanobar Xoʻjamurodova hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida maktabning oʻtgan oʻquv yili davomida erishgan yutuqlari, muvaffaqiyatlari sarhisob qilindi. Shuningdek, yangi oʻquv yilidagi yangi maqsadlar, rejalar xususda toʻxtalib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor bugungi katta muvaffaqiyat va yutuqlarning kaliti boʻlmoqda. Oʻtgan oʻquv yilida maktabni 117 nafar oʻquvchi bitirgan boʻlsa, ulardan 103 nafari oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishdi. Shularning 67 nafari talabalik baxtiga muyassar boʻldi.

Ushbu bitiruvchilardan 51 nafari davlat oliy taʼlim muassasalari, 16 nafari esa nodavlat va xorijiy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilindi.

Shuningdek, moliya-iqtisod yoʻnalishi boʻyicha tashkil qilingan variativ sinfda taʼlim olgan 29 nafar bitiruvchidan 28 nafari davlat, 1 nafari nodavlat oliy taʼlim dargohlari talabalari boʻlishdi. Ulardan 10 nafari davlat granti, 19 nafari kontrakt-toʻlov boʻyicha oʻqishga qabul qilindi. Bundan tashqari, 4 nafar bitiruvchilar texnikumlarga hujjat topshirishdi. Qolganlari esa oʻzini-oʻzi band qilib, ish bilan taʼminlandi.

Maktabda ayni paytda 13 nafar oliy toifali, 25 nafar  birinchi toifali oʻqituvchi yoshlarga taʼlim-tarbiya berib kelishmoqda. Oʻqituvchilardan yana 41 nafari oʻz ustida ishlab, navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish niyatida.

Shuningdek, 7 nafar oʻquvchi ingliz tilidan V2, oʻqituvchilardan 5 nafari S1, rus tilidan 4 nafari S1 darajalardagi sertifikatlarga ega  boʻlishgan. Matematika fanidan esa bir nafar oʻqituvchi Qoraqalpogʻistonda birinchilardan boʻlib, fanni bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikatni qoʻlga kiritgan. Mazkur oʻquv yilida 8-11-sinf oʻquvchilari uchun 4 yoʻnalishda variativ sinf tashkil etilgan. Birinchi sinfga 151 nafar oʻquvchi qabul qilinib, oʻquvchilar soni 1400 nafardan oshdi.

Shu kuni 56-sonli maktabda ham “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boshligʻi Qadam Ismoilov, Durunki mahalla fuqarolar yigʻini raisi Ergashali Bobojonov, maktab direktori Orzigul Xudoyberganova hamda ota-onalar qatnashishdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar barcha ustozlarni, oʻquvchilarni maktab ostonasiga ilk qadamini qoʻygan 1-sinf oʻquvchilarini yangi oʻquv yili bilan qutladilar.

Maktab direktori oʻtgan oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlarni tilga olib, yangi oʻquv yilida ham barchaga muvaffaqiyat va yangi marralar, zafarlar tiladi.

Oʻtgan oʻquv yilida maktabni 58 nafar oʻquvchi bitirgan boʻlsa, shundan 53 nafari oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishdi. Ushbu bitiruvchilardan 30 nafari oliy taʼlim dargohlari talabalari boʻlishdi. Maktabda tashkil qilingan variativ sinfdagi 26 nafar bitiruvchidan esa 22 nafari talabalikka qabul qilinishdi. Natijada maktabning oʻquvchilarni oliy taʼlimga qamrab olish boʻyicha koʻrsatkichi 84 foizdan oshdi.

Joriy oʻquv yilida yana 71 nafar oʻquvchi qabul qilinib, oʻquvchilar soni 546 nafarga yetdi. Ayni paytda ularga 55 nafar oliy maʼlumotli, bilimli va tajribali oʻqituvchilar taʼlim-tarbiya berishmoqda.

Yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan oʻtkazilgan “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirida 1-sinfga qabul qilingan bolajonlarga Prezident sovgʻalari – maktab sumkasi va 12 turdagi predmetdan iborat darsliklar, oʻquv qurollari topshirildi. Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan Vatanni madh etuvchi sheʼr va qoʻshiqlardan iborat bayram dasturi namoyish etildi.

Xuddi shunday tadbir tumandagi 38-sonli kimyo-biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida ham boʻlib oʻtdi.

“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida oʻtkazilgan mazkur tadbirda Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini raisi Yangiboy Hayitboyev, tuman Ichki ishlar boʻlimi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi inspektori Davronbek Karimov, maktab direktori Bahrom Boltaboyev hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar oʻquvchilarni yangi oʻquv yili boshlanganligi bilan tabriklab, ularni barkamol avlod boʻlib voyaga yetishlari, maʼnaviy-ahloqiy va jismonan sogʻlom boʻlishlari, olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligini qayd etib oʻtdi. 

Oʻtgan oʻquv yilida maktabni 44 nafar oʻquvchi bitirgan boʻlsa, shundan 33 nafari oliy taʼlim maskanlariga hujjat topshirib, 7 nafari talabalar safiga qabul qilinishdi va maktabning oliy taʼlimga qamrab olish boʻyicha koʻrsatkichi 61 foizga yetkazildi. Mazkur oʻquv yilida maktabning 1-sinfiga 76 nafar oʻquvchi qabul qilinib, jami oʻquvchilar soni 680 nafarga yetdi. Ularga 70 nafardan ziyod malakali oʻqituvchilar taʼlim-tarbiya berib kelshmoqda.

Tadbir davomida 1-sinf oʻquvchilariga Prezident sovgʻalari topshirildi va maktab uzra davlat madhiyasi jaranglab, har bir oʻgʻil-qizni oʻqishga, ilm choʻqqilarini zabt etishga va yangi maqsadlar sari dadil intilishga undadi.

Shundan soʻng, barcha sinflarda mustaqillik darslari boshlandi. Mustaqillik darslarida oʻquvchilarga xalqimizning 31-yil davomida erishgan yutuqlari, Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati borasida keng maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, keyingi yillarda milliy taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar misli koʻrilmagan mazmun kasb etayotgani eʼtirof etilib, bu jihatlar maktab taʼlimidagi milliy oʻquv dasturlarini yaratish va ularni oʻquv jarayoniga tatbiq etish, pedagoglar uchun milliy va xalqaro sertifikatlarni joriy etish, bitiruvchilarni oliy taʼlim dargohlariga qamrab olish koʻrsatkichlarining oshishi kabilarda yaqqol namoyon boʻlayotgani taʼkidlab oʻtildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026