28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:21
Sport 👁 456

“MILLIY KURASh” SPORT TURI BOʻYIChA “BESh TAShABBUS OLIMPIADASI”NING MAHALLA BOSQIChI MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

  “MILLIY KURASh” SPORT TURI BOʻYIChA “BESh TAShABBUS OLIMPIADASI”NING MAHALLA BOSQIChI MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

Soʻnggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sport bilan shugʻullanadiganlarning sonini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan turli musobaqalar yoshlarni birlashtirishda muhim omil boʻlib xizmat qilish bilan birga ularning sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirmoqda.

Shu kunlarda mamlakatimizda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu mavsumda “Yoshlar raqs festivali”, “Milliy va zamonaviy cholgʻu ijrochiligi” respublika tanlovlari, voleybol, yengil atletika, stritbol, shaxmat, shashka, badminton, stol tennisi, strit vorkaut, milliy kurash boʻyicha musobaqalari, “Kibersport” musobaqasi, “Zakovat” intellektual oʻyini, anʼanaviy “Yosh kitobxon”, “Quvnoqlar va zukkolar” kabi tanlovlar mahalladan boshlab tashkil etilishi rejalashtirilgan. Amudaryo tumanida ham rejaga koʻra oʻtkazilayotgan mavsum davomidagi sport musobaqalarida yoshlar faol ishtirok etishmoqda.

13-sentyabr kuni Olmazor mahallasidagi Markaziy oʻyingohda milliy kurash boʻyicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ning mahalla bosqichi musobaqalari boʻlib oʻtdi. Yoshlar agentligi tuman boʻlimi, tuman Sportni rivojlantirish boʻlimi va Sport maktabi masʼullari hamkorligida oʻtkazilgan ushbu musobaqalarda Gulzor, Olmazor, Oybek nomli mahallalar yoshlari qatnashishdi.

Maʼlumki, Davlat rahbari tomonidan 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda “Besh tashabbus olimpiadasi”ni har yili 2 mavsumda tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan edi. Shundan kelib chiqib, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga qabul jarayonlari joriy yilning 10-avgustidan boshlandi. Iyul oyidan boshlab olib borilgan targʻibot tadbirlari natijasida olimpiadaning ikkinchi mavsumida ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar maxsus bot orqali roʻyxatdan oʻtdi.

Aytish joizki, ushbu mavsumda musobaqalarga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Jumladan, milliy kurash musobaqasi, “Yoshlar raqs festivali”, “Milliy va zamonaviy cholgʻu ijrochiligi” tanlovlari qoʻshimcha ravishda kiritildi. Sportning voleybol turi boʻyicha musobaqada 27-30 yoshlilar ishtiroki olib tashlandi. Stol tennisi, stretvorkout musobaqalari jamoaviy emas, yakka tartibda oʻtkaziladigan boʻldi.

Shunga koʻra “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumida sportning milliy kurash turi boʻyicha oʻtkazilgan mahalla bosqichi musobaqalarda 12-21 yoshdagi va 22-26 yoshdagi sportchilar ishtirok etib, oʻzaro kuch sinashishdi.

Qizgʻin kechgan musobaqalar davomida oʻzlarining sport mahoratlarini, epchilliklarini va chaqqonliklarini namoyish etgan yosh kurashchilardan gʻoliblar aniqlanib, sektor bosqichiga yoʻllanmalar berildi.

Mazkur tanlov va musobaqalarning mahalla bosqichi 10-30-sentyabr kunlari, sektor bosqichi 2-21-oktyabr kunlari, tuman bosqichi 20-oktyabr-4-noyabr kunlari hamda hududiy bosqichi 7-25-noyabr kunlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Rejaga koʻra ayni paytda hududlardagi kabi tumanimizda ham ushbu tanlov va musobaqalarning mahalla bosqichi davom etmoqda.

Ozoda Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026