SOGʻLOM TURMUSh TARZI TARGʻIB QILINDI
Jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, kamharakatlilikka qarshi ommaviy kurashish, insonlarning yuksak jismoniy va aqliy ish qobiliyatini muhofaza etish, aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni sport bilan shugʻullanishga jalb qilish tobora dolzarblik kasb etmoqda.
Tor yop mahallasi, 21-sonli maktablarda aholi, oʻqituvchi va oʻquvchilari oʻrtasida tuman Tibbiyot birlashmasi shifokori T.Saidova, ftiziatr M.Allamurodova, "Chegarasiz shifokorlar" Xalqaro tashkiloti xodimlari J.Yembergenov, afrikalik Samanta, meksikalik Fridalar ishtirokida sogʻlom turmush tarzi, sil kasalligi profilaktikasi boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi. Shifokorlar tomonidan bukletlar tarkatilib, oʻquvchilarga qiziqarli boshqotirmalar topshirildi. Oʻz navbatida oʻquvchilar ham mehmonlarga ingliz tilida sheʼr va qoʻshiqlar aytib berishdi.
J.Yavkashev, TTB shifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶