28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:59
Sport 👁 312

“UMID NIHOLLARI - 2022” SPORT MUSOBAQASI GʻOLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

“UMID NIHOLLARI - 2022” SPORT MUSOBAQASI GʻOLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

Yoshlarning sportga boʻlgan havas va intilishlarini oshirish, ularni ommaviy sportga jalb etish orqali sogʻlom turmush koʻnikmalarini shakllantirish, umidli sportchilarni tanlab olish va ularning mahorat koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida har yili “Umid nihollari” sport musobaqalarini oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylandi. “Umid nihollari – 2022” sport musobaqalari Amudaryo tumanida ham zoʻr uyushqoqlik bilan oʻtkazildi.

Uch bosqichli “Umid nihollari – 2022” sport musobaqasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi final bosqichida amudaryolik oʻquvchi-yoshlar sportning basketbol, gandbol, gimnastika, yengil atletika, kurash, shaxmat turlari boʻyicha ishtirok etishib, yuqori natijalarni qoʻlga kiritdilar.

Xususan, sportning basketbol turi boʻyicha 33- va 52-sonli maktablar terma jamoalari oʻsmirlar oʻrtasida faxrli 1-oʻrinni, 19-, 33-, 53-maktablarning qizlar terma jamoalari 3-oʻrinni egallashdi. Sportning gandbol turi boʻyicha boʻlib oʻtgan musobaqalarda 41-maktab qizlar jamoasi 2-oʻrin sohibi boʻldilar.

Shuningdek, 20-sonli maktabning gimnastikachi qizlari Dilnura Davlatboyeva hamda Barchinoy Baxtiyorovalar musobaqaning 3-pogʻonasidan joy oldilar.

Sportning yengil atletika turi boʻyicha boʻlib oʻtgan qizgʻin baholarda 100 metrga yugurishda oʻsmirlar oʻrtasida 1-maktab oʻquvchisi Sardor Rahimov 1-oʻrinni, 200 va 400 metrga yugurishda 19-maktab oʻquvchisi Gulbonu Oʻrinboyeva 2-, va 3-oʻrinlarni, 800 metrlik masofada 35-maktab oʻquvchisi Dinora Matyoqubova, uzunlikka sakrash boʻyicha musobaqalarda 50-maktab oʻquvchisi Dilfuza Mamurodovalar 2-oʻrinlarni egallashdi.

Shuningdek, estafetali yugurish va kurash boʻyicha musobaqalarda ham amudaryolik oʻquvchi-yoshlar yuqori natijalarga erishdilar.

Sportning shaxmat turi boʻyicha musobaqalar yanada qiziqarli va taassurotlarga boy boʻldi. Unda 15 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida 56-maktab oʻquvchisi Umida Toʻliboyeva 2-oʻrin sohibasi boʻldi. 13 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida 69-sonli maktab oʻquvchisi Xolida Otajonova 3-oʻrinni, 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida 46-maktab oʻquvchisi Azizbek Rajabov faxrli 2-oʻrinni egalladilar.

Mazkur final musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan har bir yosh sportchiga sport liboslari jamlanmasi, 1-oʻringa noutbuk, 2-oʻringa televizor va 3-oʻringa velosiped sovgʻa qilindi.

Sportning shaxmat turi boʻyicha 13 yoshgacha boʻlgan oʻsmir qizlar oʻrtasida 3-oʻrinni egallagan 69-sonli maktab oʻquvchisi Xolidaxon Otajonovaning sportdagi bu yutugʻi nafaqat oila aʼzolari, balki 69-sonli maktab pedagogika jamoasi, ustozlari va maktabdoshlariga ham cheksiz quvonch bagʻishladi.

Maktabda oʻtkazilgan gʻolib sportchini taqdirlash marosimida yosh sportchining ustozlari, maktabdosh doʻstlari soʻzga chiqishib, mamlakatimizda, qolaversa, tumanimizda bolalar sportini, rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida mamnuniyat bilan soʻz yuritdilar.

Ayni paytda 69-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchi-yoshlarning ilm asoslarini chuqur oʻzlashtirishlari, oʻzlari xohlagan fan yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshimcha dars-mashgʻulotlarida ishtirok etishlari, sportning olimpiada turlari boʻyicha shugʻullanishlari uchun zarur sharoit-sharoitlar yaratilib, toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilganini, bu esa taʼlim-tarbiya sohasida yuqori natijalarga erishish uchun zarur imkoniyat ekanligini taʼkidladilar. Oʻz navbatida yosh shaxmatchi Xolidaxon Otajonovaga kelajakda kuchli shaxmatchi boʻlib yetishishida yutuqlar tiladilar.

Taqdirlash marosimida Xolida Otajonovaga gʻoliblik Diplomi, sport formasi jamlanmasi va velosiped topshirildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, “Umid nihollari – 2022” sport musobaqalarida sovrindor boʻlgan oʻquvchilarga taʼlim berayotgan 7 nafar jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga ham sport libosi jamlanmasi va sport sumkasi sovgʻa qilindi. Quvonchlisi shundaki, “Umid nihollari-2022” sport musobaqasining Qoraqalpogʻiston final bosqichida amudaryolik sportchi-oʻquvchilar 14 ta oltin, 21 ta kumush va 20 ta bronza medal, jami 55 ta medal bilan umumjamoa hisobida faxrli 2-oʻrinni egalladilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026