28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:14
Salomatlik 👁 242

GIPERTONIYa KASALLIGI VA UNING OLDINI OLISh ChORALARI

GIPERTONIYa KASALLIGI  VA UNING OLDINI OLISh ChORALARI

Gipertoniya (qon bosimining tez-tez oshib turishi) koʻp uchraydigan kasallik boʻlib, keksa yoshdagi kishilarda, gohida yoshlarda ham kuzatiladi. Klinik kechishiga koʻra miya, yurak, buyrak faoliyatiga bogʻliq boʻlib, shu aʼzolarni ishdan chiqaradi. Miyaga aloqador gipertoniya bosh miya faoliyatiga salbiy taʼsir qiladi va bosh ogʻrishi, doimiy uyqusizlik, bosh aylanishi bilan kechadi. Qon bosimi tez-tez koʻtarilib, bosh miya qon tomirlari qisqarishi natijasida qon aylanishi buziladi.

Yurakka bogʻliq gipertoniyaga chalinganlar koʻkrak sohasidagi ogʻriqdan aziyat chekadi. Jismoniy yoki ruhiy zoʻriqish, koʻp chekish, oʻta toʻyib ovqatlangandan soʻng ogʻriq kuchayadi. Natijada stenokardiya, miokard infarkt kuzatiladi. Buyrak faoliyati bilan bogʻliq gipertoniyada buyrak tomirlarida ateroskleroz roʻy beradi. Natijada buyrakning surunkali yetishmovchiligi va uremiya avj olib, kasallik uch bosqichda kechadi. Qon bosimi 160/95dan 170/100 mm. simob ustuniga koʻtariladi. Bu vaqtda yurak-qon tomir tizimi, buyrak va ichki aʼzolar ishida jiddiy oʻzgarish boʻlmaydi. Ikkinchi bosqichda bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, yurak sohasida ogʻriq paydo boʻladi. Bunday paytda bemor shifokorga murojaat etib, dori-darmon ichib yurishi, parhez qilishi va ruhiy-hissiy taʼsirlardan saqlanishi lozim.

Uchinchi bosqichda qon bosimi uzoq vaqt baland boʻladi. Shu bosqichda bemorda stenokardiya – miokard infarkt, oʻtkir yurak  yetishmovchiligi, insult yuz beradi va buyrak faoliyati buziladi, koʻz tubida oʻzgarishlar kuzatiladi.

Ushbu uch bosqichdagi xastaliklarni yengish uchun avvalo bemor hamma vaqt shifokor nazoratida boʻlishi va chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan 6 oyda bir marta oʻtib turishi kerak. Bemor shifokorlar tavsiyalariga amal qilsa, kasallik yomon asoratlarni keltirib chiqarmaydi.

Gipertoniya zoʻraymasligi uchun bemor asablarining toliqishiga yoʻl qoʻymasligi, mehnat va dam olishni toʻgʻri rejalashtirishi lozim. Organizmni chiniqtirish, badantarbiya mashqlarini bajarish, toza havoda sayr qilish, shuningdek, ovqatlanish tartibiga rioya qilishi zarur. Chekish yoki spirtli ichimliklar ichish gipertoniyani avj oldirib yuboradi. Bunday salbiy odatlardan bemor oʻzini doim tiyib yurishi shart.

 

S.AHMEDOVA,

tuman SEO va JSB sanitariya-gigiyena laboratoriyasi shifokor-laboranti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026