28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 16:58
Siyosat 👁 364

Oliy Majlis Senatining 32-yalpi majlisida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Oliy Majlis Senatining 32-yalpi majlisida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Jamiyat taraqqiyoti, mamlakat rivoji qonun ustuvorligi bilan kafolatlanadi. Har qanday sharoitda, har qanday vaziyatda inson huquq va manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, yosh avlod tarʼlim-tarbiyasiga yanada jiddiy eʼtibor qaratish muhim vazifalardan sanaladi.

Oliy Majlis Senatining joriy yil 13-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan oʻttiz ikkinchi yalpi majlisida ushbu yoʻnalishlarning huquqiy asosini takomillashtirishga oid bir qator masalalar senatorlar tomonidan atroflicha koʻrib chiqilib, qizgʻin muhokama etilgan edi. Yalpi majlisda senatorlar tomonidan 13 ta masala, shu jumladan 5 ta qonun muhokama etildi.

22-sentyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining katta majlislar zalida Senatning yalpi majlisida koʻrib chiqilgan masalalar, muhokama qilingan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini tushuntirish va jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, senator Batir Matmuratov, tuman hokimi oʻrinbosari Goʻzal Saburova, tumandan saylangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi.

Dastlab senator Batir Matmuratov 15-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. Sammit davomida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan bildirilgan takliflar, davlat rahbaralari bilan olib borilgan muzokaralar hamda muhim strategik ahamiyatga ega shartnomalarning imzolanishi mamlakatimiz taraqqiyotida nihoyatda muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.

Shundan soʻng senator yalpi majlis davomida koʻrib chiqilgan qonun hujjatlari yuzasidan maʼruza qildi.

Yigʻilishda “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi va “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonun loyihalarining mazmun-mohiyati yuzasidan tuman Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi Bobur Qadamovning maʼruzasi tinglandi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda soʻnggi 5-yilda elektron tijorat sohasida yalpi ishlab chiqarish hajmi 48 barobarga oshib, 1,1 trln. soʻmni tashkil qilmoqda. Lekin, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi 2015-yilda qabul qilingan amaldagi Qonun ishlab chiqilgan davrda bu imkoniyatlar yetarli darajada rivojlanmagan edi.

Yangi tahrirdagi “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonun “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, unda elektron shartnomalarni tuzishning aniq tartibi belgilanmoqda.

Jumladan, elektron hujjatlarning yuridik kuchi, ofertaga qoʻyiladigan talablar, elektron hujjatlarni saqlash xususiyatlari, elektron bitimni amalga oshirish tartibi hamda elektron shartnomalarni tuzish shartlari huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilmoqda. Qonun loyihasi senatorlar tomonidan maʼqullangan.

Shuningdek, yigʻilishda “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi boʻyicha ham keng tarzda tushintirishlar berildi.

Aytish kerakki, yil sayin internet tarmoqlari orqali masofadan, yaʼni onlayn xizmatlar koʻrsatish rivojlanyapti. Ayniqsa, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektron hujjat aylanishi ortib borayotgani tufayli elektron raqamli imzodan foydalanish ommalashdi. “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonun 2003-yilda qabul qilingan boʻlsa ham, tobora rivojlanib borayotgan axborot asrida mazkur qonunga qator oʻzgartirishlar kiritish kerakligini taqazo qildi va qonun yangi tahrirda ishlab chiqildi. Mazkur Qonun loyihasi ham senatorlar tomonidan maqullangan.

Yigʻilishda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamaladdin Yusupov keng turda tushuntirish berib oʻtdi.

Sir emaski, oxirgi paytlarda elektron toʻlov vositalari yoki masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlaridan foydalanib, oʻzgalar mulkini talon-toroj qilish, firibgarlik, oʻgʻrilik jinoyatlari koʻp sodir etilmoqda. Shu boisdan ushbu Qonun bilan bunday turdagi jinoyatlar uchun jazo ogʻirlashtirilmoqda.

Endilikda axborot tizimlariga noqonuniy kirib va ulardan foydalanib sodir etilgan firibgarlik jinoyati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima toʻlanadi. Hozir bu miqdor 100 dan 300 baravarigacha edi. Yoki amaldagi normaga koʻra ushbu jinoyat uchun 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan boʻlsa, endilikda bu muddat 5-yildan 8-yilgacha etib qatʼiy belgilanmoqda.

Yigʻilishda “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi bilan Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻi Qadam Ismailov tanishtirdi.

Qonun bilan 2023-yilning 1-yanvaridan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobariga oshirish nazarda tutilyapti.

Qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgartishga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarga pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravaridan ortiq boʻlmagan, yaʼni 3 888 000 soʻm miqdoridagi oʻrtacha oylik ish haqidan hisobga olinishi belgilanmoqda. Natijada 352 ming nafar fuqaroning pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilinib, oʻrtacha oylik pensiya miqdori 400 ming soʻmgacha oshadi.

Yigʻilish davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilib, tegishlicha javoblar oldi.

Yigʻilish yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamuratova kun tartibida koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi hamda barcha deputatlarni qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklarni keng aholi qatlamiga yetkazishda yanada faol boʻlishga chaqirdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026