Oddiy muallim
Otamizday aziz va mukarram
Öqituvçi va murabbiylarga bağişlayman.
Yoruğ, sinfxona. Közlarda hayrat,
Har bitta köngilda orzular qat-qat.
Tilga kirgan kabi oniy sukunat,
Sinfni mehrga töldirib lim-lim –
Olam sirlaridan sözlar muallim!
Kiprik qoqmay tinglar neça öğil-qiz,
Sinfda tuğilar buyuklik sözsiz...
Kelajakka qöyib eng teran ildiz,
Qalblarga muhrlab dunyoviy ilm,
Orzular köşkida yaşar muallim!
Biri şöx, birlari jiddiy bolalar,
Iştiyoq, orzusi qatʼiy bolalar.
Ajdodlari ğani, zakiy bolalar,
Zakovat ilmidan olişar taʼlim –
Oq, oydin yöllarga boşlar muallim!
Dunyo sirlarini anglamoq uçun,
Fikrni jamlasak kifoya bir zum...
Törtta unsurda jam bu köhna oçun –
Suv, havo, tuproq va olov sirin,
Birma-bir oçguvçi oddiy muallim!
Bolasi qoqilsa, onalar giryon,
Otalar yuragi oğriydi şu on.
Ammo bir zot kuyar, bergudayin jon,
“Bu ne hol?” demasdan hammadan oldin,
Şogirdin qölidan tutar muallim!
Hayot davom etar, özgarar zamon,
Bir zum tin olmagay vaqt – otliq karvon.
Şu karvonga misli jilovdor, sarbon –
Har lahzaga bosib özining muhrin –
Vaqtdan özib yaşar Ustoz-muallim!
Misol izlamayman. Özimdan qiyos,
Hamon öquvçiman bir ilmi sayoz.
Taʼlim-tarbiyasi, mehri beqiyos:
“Öqib-örganişdan tinma, der, bir zum” –
Har bitta qadamim tergar muallim!
Vazmin, salobatli, gulgun çehralar,
Mehr çaşmingizdan sölim tegralar.
Siz yurgan yöllardan olgum bahralar,
Qadr-u kamolingiz tabarruk etgum,
Ona Vatan uçun maşʼal muallim!
Kördim, davralarda qaddin kötarib,
Söz aytar u mening qadrim kötarib.
Şunçalar hoksor u! Topolmam taʼrif,
Faqat bilganim şu – maşhur va maʼlum –
Otamizday aziz, uluğ muallim!
Kamtarlik bobida zaminday hoksor,
Yoruğ niyatlari Vatanga poydor.
Xalqim, deb jonfido, mehri ustuvor,
Sizgadir eʼzozim, sizgadir taʼzim –
O, oddiy muallim, oddiy muallim!
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶