15-sonli maktabda “Mehrijon sayli” ötkazildi
Yoşlikda olingan bilim – toşga öyilgan naqş kabi, deydi donolar. Şuning uçun jajji öğil-qizlarni boşlanğiç sinflardanoq ilm oliş, öqiş-örganişga qiziqtira oliş, ularning könglida kelajakda ulkan salohiyatga ega, ziyoli inson bölib voyaga yetişga havas uyğotiş juda muhim.
Şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, maktablarning boşlanğiç taʼlim öqituvçilari zimmasidagi masʼuliyat juda salmoqli va şarafli ekanini anglaymiz. Har yili mamlakatimizda umumiy örta taʼlim maktablarida sentyabr oyida boşlanğiç taʼlim fan oyligini ötkaziş belgilanganligi ham öquvçilarning savodxonligini oşirişga qaratilgan.
Avvalo ularga “Bilimlar kuni”, “Mustaqillik saboqlari” mavzularida mustaqillik darslari taşkil etiladi va bu darslar orqali qalbida ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyğulari tarbiyalanadi.
Oylik doirasida ötkaziladigan turli tanlovlar, mustaqil fikrlaşga yönaltiradigan musobaqalar, davra suhbatlari orqali ularning dunyoqaraşi kengaytirilib, özaro hurmat tuyğulari şakllantiriladi.
Şu yilning 29-sentyabrida Amudaryo tumanidagi 15-sonli maktabda boşlanğiç taʼlim fan oyligiga bağişlangan tadbirda ham barça öquvçilarning mustaqil diyorimizda kuz faslining özgaça tarovatini, saxovati haqida, ona zaminimizda yetiştiriladigan mevalar, poliz mahsulotlari haqida ularning yoş avlod vakillari ösib ulğayişidagi foydalari haqida keng bilimlarga ega bölişiga hissa qöşildi.
“Mehrijon sayli” tadbirida boşlanğiç sinf öquvçilari iştirok etişdi. Unda maktab direktorining öquv işlari böyiça örinbosari Komiljon Maşaripov, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Iskandar Iskandarovlar qatnaşib, öquvçilarga fan oyligi doirasida ötkazilgan tadbirlarda faol qatnaşganligi uçun minnatdorlik bildirdi va maktab öqituvçilar jamoasini 1-oktyabr – kasb bayrami kuni bilan qizğin qutladi.
Maktabning boşlanğiç sinf öqituvçilari Muqaddam Primmatova, Muhabbat Rahimboyeva, Şirin Safarboyeva, Nilufar Törayeva, Umida Rajabova, Nodira Boltaboyeva, Yulduz Avazmetova, Sevara Sobirovalar hamkorlikda tayyorlagan “Mehrijon sayli”da öquvçilar kuz pişiqçilik manzaralari aks etgan sahna körinişlari namoyiş etişdi.
Öquvçilar kuzning boşqa fasllardan öziga xos farqlari, kuzda ona zaminimiz bağrida yetiladigan mevalar, sabzavotlar haqida şeʼrlar, topişmoqlar aytdilar.
Maktabning musiqa fani öqituvçisi Örinboy Şomurodovning iqtidorli öquvçilari Javohir Qadamboyev, Otabek Bobojonovlar ijro etgan qöşiqlari ham barçaga xuşnudlik baxş etdi.
Boşlanğiç taʼlim fan oyligi doirasida quyi sinflar öquvçilari iştirokida tayyorlangan “Mehrijon sayli” tadbirida öquvçilarga xalqimizning qadimdan kuz faslida nişonlanib kelayotgan “Mehrijon” milliy bayrami haqida köpgina maʼlumotlarga ega böldilar.
Bayram tadbiri öquvçilarni jannatmakon yurtimizni sevişga, ardoqlaşga va unga munosib farzandlar bölişga ruhlantirdi.
Oygul Rajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶