“ERMANOV ÖROZBOY” FERMER XÖJALIGIDA YIĞIM-TERIM AVJIDA
Şu kunlarda yurtimizning barça hududlarida paxta yiğim-terimi avj pallaga kirgan. Yiğim-terim jarayonlarida fermer xöjaliklari va klaster korxonalari işçi-xizmatçilari bilan birga qöşimça daromad topiş istagidagi iş bilan band bölmagan mehnatga layoqatli aholi ham ixtiyoriy ravişda faol iştirok etib, paxta xirmonlari yuksalişiga munosib hissa qöşişmoqda.
Amudaryo tumanidagi Örta qalʼa ovulidagi Gulimbat Ahmedov raislik qilayotgan “Ermanov Örozboy” fermer xöjaligida ham 110 gektar yerga mahalliy iqlimga mos, serhosil “Sulton” navli çigit ekilib, astoydil parvariş qilindi. Paxta dalalarida 62 nafar işçi va pudratçilarning bahor-yoz oylari davomida qilgan tinimsiz va maşaqqatli mehnatlari evaziga möl kösak yetiştirilib, hosildorlik gektaridan 32 tsentnerga yetkazildi.
Hozirgi kunda terimçilarning ğayrati bilan kuniga 10-12 tonna paxta terib topşirilmoqda. Mavsum davomida rejada belgilangan 367 tonnalik paxta xirmonini bunyod etişni öz oldilariga maqsad qilgan xöjalik pudratçilari va köngilli terimçilar, ayni kungaça 240 tonnadan ortiq “oq oltin” terib ulgurişdi.
“Ermanov Örozboy” fermer xöjaligi hisobida 172 gektar yer maydoni mavjud. Köp tarmoqliga aylantirilgan uşbu xöjalik yer maydonlarining 110 gektariga paxta ekilgan bölsa, 31 gektarida şu kunlarda unib çiqqan buğdoy parvariş qilinmoqda. Qolgan qismida esa çorva uçun ozuqabop, sabzavot, poliz ekinlari yetiştiriladi. Xöjalikda asalariçilik, çorvaçilik va baliqçilik yönalişlari ham taşkil qilingan bölib, ayni paytda asalarilar oilasi 32 taga, çorva mollari 15 taga yetdi. Hududda taşkil qilingan kölda esa yiliga 4-5 tonna baliq yetiştiriladi.
Fermer xöjaligida ikkilamçi ekin ekiş işlariga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Jumladan, ğalladan böşagan maydonga kartoşka, sabzavot, dukkakli va ozuqabop ekinlar ekiladi. Turli mevali daraxtlar yetiştirilgan mevazor boğda ham hosil tökin. Bu esa qöşimça daromad oliş imkonini bermoqda.
Paxta hosilini nest-nobud qilmasdan yiğib oliş muhim masalalardan biri hisoblanadi. Buning uçun hududlardagi kabi tumanimizda ham jiddiy tayyorgarlik körildi va paxta terimiga sentyabr oyi boşlaridanoq qizğin kirişildi. Joriy yilda qölda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uçun birinçi terimda 1500 sömdan, ikkinçi terimda 1800 sömdan kam bölmagan miqdorda haq tölanişi belgilangani esa terim surʼatini oşirişda asosiy omil bölib xizmat qilmoqda.
Yiğim-terim tobora qizğin tusga kirayotgan ayni paytda dala mehnatkaşlari uçun qulay iş va dam oliş şaroiti yaratilgani “Ermanov Örozboy” fermer xöjaligi terimçilariga ham ğanimat kunlardan unumli foydalanişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Terimçi, işçi va haşarçilarga har kuni tuşlik mahali issiq ovqat, çoy beriladi. Terim pullarining öz vaqtida berib borilayotgani, ilğor terimçilarga rağbat sifatida taqdim etilayotgan turli sovğalar ularning ğayratiga ğayrat qöşmoqda. Xöjalik işçilari daladagi möl hosilni qoldirmasdan terib, belgilangan rejadan ziyod paxta topşiriş, köproq daromad topiş maqsadida yanada jadal harakat qilişmoqda.
Yurtimizda paxta xirmonining yuksalişiga hissa qöşiş oilaga foyda, rözğorga baraka keltiradigan daromad manbaiga aylanib bormoqda. Paxta yiğim-terimida faol iştirok etib, turli sovğalarga ega bölayotgan, mablağ topib, rözğoriga baraka kiritayotgan terimçilar buni öz hayotlarida yaqqol his etişmoqda.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶