Deputatlar jamiyat hayotida faol iştirok etişmoqda
Ayni kunlarda butun mamlakatimiz böylab paxta yiğim-terimi qizğin davom etmoqda. Mavsum davomida terimçilar astoyidil mehnat qilib, oilaviy byudjetiga hamda yurtimiz iqtisodiyoti rivojiga öz hissalarini qöşib kelmoqdalar.
Paxta mavsumi davomida majburiy mehnatga va bolalar mehnatiga yöl qöymaslik, terimçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratilişiga alohida ahamiyat berilmoqda. Har kuni terimçilar uçun dala boşida issiq ovqat va çoy taşkil etilib, terim pullari öz vaqtida berib borilmoqda. Şuningdek, ilğor terimçilar sektor rahbarlari, masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi masʼullari tomonidan rağbatlantirilmoqda.
Kuzning goh issiq, goh sovuq ob-havosiga qaramasdan mehnat qilayotgan terimçilarga yordam beriş maqsadida köngilli ravişda deputatlar, korxona-taşkilot masʼullari ham haşarlar taşkil etişmoqda.
Mana şunday haşarlarning yana biri 7-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Çoyköl ovuli hududida joylaşgan Arslan Maxsudov rahbarlik qilayotgan fermer xöjaligining paxta dalalarida bölib ötdi.
Haşarda tumandan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, siyosiy partiyalarning tuman Kengaşi rahbarlari iştirok etişdi.
Dalalarda oppoq bölib oçilgan paxtani terişning ham özgaça zavqi bor. Paxta qut-baraka ramzi, möl daromad manbaidir. Buni çuqur anglagan yurtdoşlarimiz bugun dalaga oşiqişmoqda, peşona teri bilan “oq oltin” xirmonlarining yuksalişiga munosib hissa qöşişmoqda.
Şu kuni Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Xonimjon Rajabova, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Sanobar Xöjamuratova hamda tuman Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi qoşida taşkil etilgan “Buvijonlar maktabi”, tuman Oila va xotin-qizlar bölimi qoşida taşkil etilgan “Oqila ayollar” harakati aʼzolari Xizir eli mahallasi hududida joylaşgan 46-sonli umumiy örta taʼlim maktabining 10-11-sinf öquvçi qizlari bilan uçraşib, davra suhbati taşkil etişdi.
Davra suhbatida tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova qizlarni uy-rözğor işlariga örgatiş, qizlarning ota-ona, aka-uka oldidagi vazifalari qanday bölişi lozimligi haqida öz nasihatlarini berib ötdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Sanobar Xöjamuratova esa Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgust kungi “Qoraqalpoğiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnalogiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari” töğrisidagi farmonining mazmun-mohiyatini batafsil tuşuntirib berdi.
Davra suhbati davomida sözga çiqqanlar buguni kunda yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar, şart-şaroitlar haqida gapirib, yoşlarni yanada şijoat bilan bilim olişga, olğa intilişga undaşdi.
Şuningdek, qizlarga vaqtdan unumli foydalanib, kasb-hunar egallaş, Oliy öquv yurtlariga kiriş uçun astoyidil harakat qilişlari lozimligi aytib ötildi. Davra suhbati davomida öquvçi qizlar sözga çiqib, uçraşuvdan olgan taassurotlari haqida gapirdilar.
Şundan söng, masʼullar Xizir eli mahallasida uzoq yillar davomida yoş avlodga taʼlim va tarbiya berib nafaqaga çiqqan 5 nafar öqituvçining holidan xabar olişdi. Ularga esdalik sovğalarini topşirişdi.
Yaqindagina nişonlangan Öqituvçi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan “Keksalar haftaligi” doirasida ötkazilgan mazkur uçraşuvlar taʼlim faxriylariga katta quvonç bağişladi. Mehmonlar faxriy öqituvçilarning uzoq yillar davomida qilgan mehnatlarini eʼtirof etib, bugun ham yoş avlod tarbiyasida ularning pandu nasihatlari, hayotiy yöl-yöriqlari muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladilar.
Şuningdek, masʼullar Rajabov Omon fermer xöjaligining paxta dalalarida mehnat qilayotgan ilğor terimçilar bilan ham uçraşib, ularga yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişdi.
Mazkur hududdan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Sanobar Xöjamurodova terimçilar bilan muloqot qilib, yurtimizda qişloq xöjaligiga bozor mexanizmlarining joriy qilingani, paxta-töqimaçilik klasterlarini taşkil qiliş orqali fermerlarning manfaatdorligi oşgani, terim pullarining köpayganini taʼkidlab ötdi. Natijada majburiy mehnat, ayniqsa bolalar mehnatining har qanday şakllariga barham berilib, aholi moddiy manfaatdorlik uçun paxta yiğim-terimida iştirok etayogani eʼtirof etildi.
Deputatlar dala boşida terimçilarga issiq ovqat va çoy taşkil etilib, terim pullari öz vaqtida hisob-kitob qilinayotganligining guvohi böldilar hamda ilğor terimçlarga esdalik sovğalarini topşirdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶