“BEŞ TAŞABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA STOL TENNISI MUSOBAQALARI ÖTKAZILDI
Yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, uyuşmagan yoşlarni turli köngiloçar tadbirlarga qamrab oliş maqsadida vatanparvarlik, özaro ahillik va bağrikenglik tamoyillariga asoslangan sport musobaqalarini taşkil etiş orqali ularda öziga va kelajakka yuksak işonç tuyğularini uyğotiş maqsadida madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari kabi yönalişlarni özida mujassam etgan “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasidagi tadbirlar mamlakatimiz böylab keng miqyosda ötkazilmoqda.
Joriy yilning 13-oktyabr sanasida Amudaryo tumanining 1-sektor hududidagi 1-sonli kasb-hunar maktabi sport zalida bölib ötgan sportning stol tennisi yönalişidagi musobaqalar ham turli yoş toifasidagi ösmirlar va yoşlarni birlaştirgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
“Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida özaro ahillik, bağrikenglik va döstona vaziyatda ötkazilgan mazkur musobaqaning sektor bosqiçida 1-sektor hududidagi barça ovul va mahalla fuqarolar yiğinlaridan jami 96 nafar, 11 yoşdan 30 yoşgaça bölgan stol tennisi böyiça sportçilar iştirok etişdi. Musobaqa iştirokçilarining 48 nafari ayol-qizlar bölib, ularning faol qatnaşişlarini taʼminlaş maqsadida taşkilotçilar tomonidan zarur şart-şaroitlar yaratildi.
Döstona, samimiy ruhda, qizğin bellaşuvlar asosida bölib ötgan musobaqalar yakuniga köra, 11-15 yoş toifasidagi ösmir öğil bolalar va qizlar örtasida Oğabek Qöçqorov va Nigora Boltaboyevalar 1-örinni, Rinat Nazarimbetov, Maşhura Sobirova 2-örinni, Azizbek Xolimbetov, Şahlo Yöldoşevalar 3-örinni egallaşdi.
Şuningdek, 16-21 yoş toifasidagi sportçilar örtasidagi ğoliblik uçun kuraş ham qizğin ötdi. Unga köra, Nodirbek Maxsudov, Sevinç Örozimbetovalar faxrli 1-örin, Sardor Yöldoşev, Sevinç Rajabova 2-örin, Javohir Aminov va Dinora Hayitboyevalar 3-örin sohiblari bölişdi.
Musobaqada 22-26 va 27-30 yoşli raketka ustalari örtasidagi bahslar yanada hayajonli daqiqalarga boy böldi. Unga köra, Javlonbek Gulmirzayev, Iroda Nurullayeva, Temur Ismoilov hamda Gulnoza Qurbonboyevalar öz yoş toifalarida faxrli 1-örinni egallaşib, musobaqaning yuqori poğonasidan joy oldilar.
Çoyköl ovulidan Sanjar Davlatboyev, Uyşin mahallasidan Adolat Tursunboyeva, Daryoböyi mahallasidan Şerzod Ismoilov, Qipçoq ovulidan Muxlisa Jumamurodovalar öz yoş toifalari böyiça ikkinçi, Beştom mahallasidan Gavhar Durdiboyeva, Oybek nomli mahalladan Doniyor Ibragimov, Beştom mahallasidan Gulşirin Jumamurodova, Tölqin ovulidan Şahzod Soatboyevlar esa uçinçi örinni egallaşdi.
Musobaqa yakunida öz yoş toifalarida faxrli 1-örinni egallagan 8 nafar sportçi-yoşlarga Beş taşabbus olimpiadasi doirasidagi musobaqaning tuman bosqiçida iştirok etişlari uçun yöllanmalar berildi.
Mazkur musobaqaning Amudaryo tumani ğolibligi uçun musobaqalarda törtta sektor bosqiçining faol iştirokçilari bölgan ğolib sportçilar tuman birinçiligini qölga kiritiş uçun özaro kuç sinaşadilar. Tuman bosqiçi yanada qizğin bahslarga boy bölişi tabiiy. Çunki unda törtta sektorlar böyiça ğoliblikka erişgan eng kuçli, qolaversa, zarur tayyorgarlik bosqiçidan ötgan sportçilar özaro bellaşadilar.
Tumanimizning raketka ustalariga galdagi musobaqalarda omad yor bölişini tilaymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶