BOTULIZM – XAVFLI INFEKTsION KASALLIK
Botulizm – infektsion-toksik genezli ogʻir kasallik hisoblanadi. Mintaqamizda asosan botulizmning A, V, Ye turlari uchraydi. Uning sporalari chidamli boʻlib, quritilgan holatda oʻn yillab tirik qoladi.
Hatto 180 daraja haroratda 5 soat mobaynida qaynatilganda ham halok boʻlmaydi. Oʻzidan barcha bakteriya toksinlari va kimyoviy moddalar ichida eng zaharli boʻlgan ekzotoksin moddasini ishlab chiqaradi. Uning odamni oʻldiradigan miqdori 0,3 mkg.dir. Ayniqsa, A turidagi toksin kuchli hisoblanadi. Botulizm qoʻzgʻatuvchisi hisoblangan toksin fizikaviy va kimyoviy omillar taʼsiriga nisbatan ancha chidamli. Konservalarda toksinlar quyosh nuri va havo taʼsiridan parchalanmaydi, ular qorongʻi va sovuq joylarda 6-8 oy mobaynida salgina kuchsizlanadi.
Botulizm qoʻzgʻatuvchisi saprofit koʻrinishida odam, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, qushlar, qisqichbaqalar, baliqlar organizmida yashaydi. Tuproqqa tushganda spora holida uzoq vaqt saqlanishi, lekin muayyan sharoitda oʻsishi va koʻpayishi mumkin.
Uy sharoitida sanitariya qoidalariga rioya qilinmasdan tayyorlangan bankali konservalar kislorodsiz sharoit hisoblanib, mikroblarning vegetativ shakllaridagi toksin paydo boʻladi. Toksin suyuq mahsulotlarda konservalangan bankalarda baravar tarqaladi va juda xavfli hisoblanadi.
Kasallikning erta belgilaridan biri bu yutinishning buzilishdir. Bunda bemor xalqumida katta “kesak” borligidan va yutinish harakatining ogʻriqliligidan shikoyat qiladi.
Botulizm kasalligini davolash hamda asoratlarining oldini olishning yagona yoʻli oʻz vaqtida shifokorga murojaat qilish sanaladi.
M.Kashkarova,
tuman SEO va JS boʻlimi shifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶