28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:44
Fan va taʼlim 👁 350

AMERIKALIK PROFESSOR OʻQITUVChI TUMANIMIZDAGI IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGA TAShRIF BUYuRDI

AMERIKALIK PROFESSOR OʻQITUVChI TUMANIMIZDAGI IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGA TAShRIF BUYuRDI

Ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etishga yagona yondoshuvni shakllantirish, ushbu maktablar tarmogʻini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda taʼlim jarayoniga jalb qilish, iqtidorli yoshlarni aniqlash tanlash, oʻqitish va tarbiyalash tizimini takomillashtirish maqsadida Prezident farmoniga koʻra, mamlakatimizdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablar Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazilgan edi. Tumanimizning Mangʻit shahridagi Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab ham Agentlik tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabga aylantirildi. Avgust oyida qatʼiy talablar asosida oʻtkazilgan test sinovlari orqali oʻquvchilar maktabga qabul qilindi. Shuningdek, oʻqituvchilar ham belgilangan test sinovlari natijalariga koʻra ishga olindi.

Ayni kunda ushbu maktabda taʼlim-tarbiya jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilayotir. Shuningdek, ixtisoslik fanlaridan taʼlim dasturlarini takomillashtirish va amaliyotga joriy etish maqsadida matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya va chet tili fanlaridan taʼlim dasturlarini takomillashtirish jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, ilgʻor milliy hamda xorijiy tajribalardan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda joriy yilning 22-oktyabrida tumanimizdagi ixtisoslashtirilgan maktabga ingliz tili fani oʻqituvchisi Mavluda Niyozova taklifiga binoan amerikalik professor oʻqituvchi ESN, yaʼni “ingliz tilida soʻzlashuvchi xalqlar” nomli loyiha doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati ingliz tili oʻqituvchilarining malakasini oshirishga, taʼlim berish jarayoniga yangi innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishga masʼul boʻlgan Maurin Runey tashrif buyurdi.

Mehmon ushbu muassasa sinfxonalarida ingliz tilini oʻqitish jarayonini kuzatdi va yuqori samaraga erishish borasida oʻz tavsiya va takliflarini berdi. Shuningdek, muassasada ingliz tilini qunt bilan oʻrgatayotgan trener oʻqituvchi Mavluda Niyozova rahbarligida tayyorlangan tadbirda ham ishtirok etdi.

Tadbirda oʻquvchilarning ingliz tilida ijro etgan sheʼrlari, qoʻshiqlari, sahna koʻrinishlari Maurin Runey xonimga juda yoqdi va ularning ingliz tilini chiroyli talaffuz qilishidan zavqlandi.

Tadbir soʻngida u oʻquvchilar bilan ingliz tilini qanday oʻrganayotganliklari, darsliklar haqida suhbatlashdi. Oʻquvchilarning Amerika taʼlim tizimiga oid bergan savollariga batafsil javoblar berdi va ularning qiziqishlaridan quvonganini izhor etdi.

Shu kuni mehmon tumanimizning Olmazor mahallasidagi Xotira xiyobonida, xiyobondagi muzeyda ham boʻlib, tariximizga oid eksponatlarni eʼtibor bilan tomosha qildi va tumanimizga tashrifidan juda mamnun boʻldi.

Maurin Runey qadimiy Chilpiq qoʻrgʻonida ham boʻlib, obida tarixi haqidagi maʼlumotlarni qiziqib tingladi. Amerikalik professor oʻqituvchining tashrifi va bu yerdagi taʼlim haqidagi iliq fikrlari muassasada taʼlim olayotgan oʻquvchilarga ham, oʻqituvchilarga ham yuqori motivatsiya berdi. Ular tadbirlarni tashkillashtirgan muassasa oʻqituvchilari Mavluda Niyozova, Mohira Shomurodova, Muhayyo Toirovalardan juda minnatdor boʻldilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026