BOBUR NOMLI OVULIDAGI OILAVIY POLIKLINIKA AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KÖRSATIB KELMOQDA
Yurtimizda aholiga malakali tibbiy xizmat körsatilişini taʼminlaş maqsadida kam samarali qişloq vraçlik punktlari maqbullaştirilib, ularning negizida qişloq oilaviy poliklinikalari taşkil etilgan edi. Ayni paytda ulardagi kunduzgi statsionarlarda bemorlarga pediatr, terapevt, akuşer-ginekolog, stomatolog, jarroh kabi tor soha mutaxassislari xizmat körsatişi yölga qöyilgan.
Salomatlikni mustahkamlaş, har tomonlama soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkaziş, xalqimiz turmuş farovonligini yanada yuksaltiriş yölida zamonaviy şaroit yaratişga qaratilayotgan bu kabi alohida eʼtibor odamlarning hayotdan rozi bölib yaşaşida, ertangi kunga işonçi yanada ortişida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Amudaryo tumanidagi Bobur nomli ovulda joylaşgan 4-sonli oilaviy poliklinikada ham tibbiy xizmat körsatiş sifatini yanada yaxşilaş maqsadida aniq tadbirlar belgilab olingan bölib, ularning ijrosi töliq taʼminlanmoqda. Tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli uşbu oilaviy poliklinkada körsatilayotgan tibbiy xizmatdan hudud aholisi juda mamnun.
Mazkur tibbiyot maskanida hududdagi 10 ming 891 nafar aholiga xizmat körsatiladi. Şundan 5 ming 529 nafarini erkaklar, 5 ming 362 nafarini ayollar, 3 ming 378 nafarini 14 yoşgaça bölganlar, 576 nafarini 15-17 yoşgaça bölganlar, 6932 nafarni esa 18 yoşdan kattalar taşkil qiladi. Şuningdek, 1 yoşgaça bölgan bolalar 240 nafar, tuğiş yoşidagi ayollar 2 ming 781 nafardan iborat. Oilaviy poliklinika hududida 7 ta maktab, 4 ta davlat va 1 ta nodavlat maktabgaça taʼlim muassasalari mavjud.
Muassasadagi tibbiy xizmatlardan Bobur nomli ovul aholisidan taşqari, Jumurovul mahallasi va Jumurtov şaharçasi fuqarolari ham foydalanadi. Hududdagi 1 ming 960 ta xonadonga 6 nafar umumiy amaliyot şifokori va 30 nafar örta tibbiyot xodimi, şundan 17 nafari patronaj hamşiralari biriktirilgan.
Oilaviy poliklinikada şifokor va patronaj hamşiralar özlariga biriktirilgan hududlardagi oilalar tibbiy-ijtimoiy holatini örganiş borasida ham tegişli çora-tadbirlarni amalga oşirişmoqda. Ayrim hollarda bemorlarni uyida körikdan ötkaziş va zarur muolajalarni amalga oşiriş, emlaş orqali turli yuqumli kasalliklarning oldini oliş işlari yölga qöyilgan.
Hududda röyxatga olingan fertil yoşidagi ayollar salomatligi ham doimiy nazoratda. Ötgan 2021-yilning 9 oyi davomida hududda 174 nafar, joriy 2022-yilning 9 oyi davomida esa 170 nafar çaqaloq tuğilişi qayd etildi. Joriy yilning 9 oyda röyxatga olingan 234 nafar homilador ayollarga Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning qişloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida polivitamin, vitamin komplekslari berilib borilmoqda. Hisobdagi ayollarning 17 nafari respublika Skrining markazida töliq tekşiruvdan ötişga yuborildi. Şuningdek, hududdagi 70 yoşdan katta bölgan 285 nafar qariyalarga kaltsiy D3 preparatlari tarqatildi.
Poliklinikada birlamçi tibbiy yordam körsatiş, taşxis qöyiş, laboratoriya, soğlomlaştiriş muolajalarini amalga oşiriş xonalari işlab turibdi. Ayniqsa, tor doiradagi mutaxassislarning faoliyat körsatayotgani aholiga köplab qulayliklar yaratmoqda.
Tuman markazidan olisda joylaşgan hududdagi uşbu maskan tibbiyot xodimlarining samarali faoliyati va bu yerda yaratilgan zamonaviy şaroitlar aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş va salomatligini yanada yaxşilaş, yuqumli kasalliklar böyiça barqaror holatni saqlaş hamda bolalar örtasida kasallikka çaliniş holatlarini kamaytiriş imkonini bermoqda. Tibbiy körik va maslahat uçun tuman markaziga qatnaşlariga hojat qolmagani, uzoği yaqin bölganidan, şu yerning özida sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyati yaratilgandan Bobur nomli ovul aholisi juda mamnun.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶