IIB PROBATsIYa GURUHIDA JAZO MUDDATINI ÖTAYoTGAN 15 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN ILGARI ŞARTLI RAVIŞDA OZOD ETILDI NEGA?
Xalqimizning keçirimlilik, bağrikenglik kabi öziga xos xislatlari davlatimiz huquqiy – meʼyoriy hujjatlarida ham öz ifodasini topgan.
Yaqinda jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining Durunki mahallasida bölib ötgan sayyor sud majlisida tuman Içki işlar bölimi Probatsiya guruhi hisobida turgan va tuzaliş yöliga ötgan 15 nafar mahkumlarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalarni körib çiqib, ularning ötalmagan jazo muddatidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddasiga asosan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilingani ham bunga misol böla oladi.
Tumanimizning mahallalaridan birida yaşovçi fuqaro yigitlik yoşidan ötib, oq qorani taniydigan vaqtida öz-öziga masʼuliyatsizligi oqibatida jinoyat köçasiga kirib qoldi. Unga jinoyat işlari böyiça tuman sudi bu qilmişi uçun salkam 9-yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi. U şundagina öz oilasi bağrida emin-erkin, baxtiyor yaşab yurgan kunlarining qadrini anglab yetdi. Yaqinlari soğinçi, qilmişidan puşaymonlik uni tuzaliş yöliga ötişiga sabab böldi. Jazoni ijro etiş muassasasidagi özini tutişi, xulq-atvori va mehnatga iştiyoqi, eng muhimi, qilmişidan sidqidildan puşaymonligi sabab, bir yildan ortiq vaqt ötib, unga belgilangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining ötalmay qolgan qismi axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirildi.
U oilasi bağrida, oylik maoşining 20 foizini davlat foydasiga ötkazib, özi tayinlangan kasbida halol mehnat qilib sodir etgan jinoyatidan çin köngildan puşaymonligini isbotladi, namunali xulq-atvorda böldi. Tuman Içki işlar bölimi Probatsiya guruhi hisobida yurib, belgilangan tartibga qatʼiy amal qildi. Mahallasida, mehnat jamoasida bular haqli ravişda eʼtirof etildi.
Şu boisdan sud majlisida uning axloq tuzatiş işlari jazosining ötalmagan 2-yil 8 oy jazo muddatidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddasiga asosan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş masalasini körib çiqişlik uçun sudga kiritgan taqdimnomasi ijobiy hal böldi.
Şu majlisda mazkur fuqaro kabi bilib-bilmay jinoyat köçasiga kirib qolgan, qilmişiga yaraşa jazo olib, bundan tegişli xulosa çiqargan va tuzaliş yöliga ötgan, tuman Içki işlar bölimi Probatsiya guruhi hisobida turib, jazo muddatini ötayotgan yana 14 nafar mahkumning sudga kiritgan taqdimnomasi körib çiqildi.
Ular jazo ötaş tartib-qoidalariga töla amal qilgani, sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni töla bajargani va mehnatga halol munosabatda bölganligi uçun ötalmagan jazo muddatidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddasiga asosan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindi.
Insoniyatga ozodlik – suv va havo kabi zarur. U ozodlikdagina çinakam baxtiyor böla oladi. Buni esa öz vaqtida qadrlaş kerak.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶