28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:14
Salomatlik 👁 346

TIBBIYoTDAGI ISLOHOTLAR INSON QADRINI ULUGʻLAShGA XIZMAT QILMOQDA

TIBBIYoTDAGI ISLOHOTLAR INSON QADRINI ULUGʻLAShGA XIZMAT QILMOQDA

Prezidentimiz joriy yil 18-mart kungi sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan oʻtkazgan “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqotida aholi sogʻligʻini saqlash, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash boʻyicha koʻpgina vazifalar belgilangan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda konteyner mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish belgilangan edi.

Qaror ijrosini yuzasidan Amudaryo tumanida ham amaliy saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Shu kungacha tumanimizda 11 ta konteyner tipidagi mahalla tibbiyot punktlari, ularda faoliyat yurituvchi tibbiy brigadalar tashkil etildi.

Bogʻ mahallasidagi mahalla tibbiyot punkti ayni kunda 2005 nafar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatmoqda. Umumiy amaliyot shifokori Gulbahor Toʻrayeva rahbarlik qilayotgan mahalla tibbiyot punkti tibbiy brigadasida Malika Abdullayeva, Mehribon Norboyevalar hamshira, Umida Sobirova esa doya boʻlib mehnat qilishadi.

Hududda 555 nafar tugʻish yoshidagi ayollardan, 37 nafar turli yoshdagi nogironligi boʻlgan fuqarolardan, bolalar ahvolidan xabar olish, zarurat tugʻilganlarini statsionar davolanishga jalb etish, nuroniylar, keksayib, erkin harakat qila olmay qolganlarning sogʻligʻini nazorat qilish ularning zimmasida.

Shuningdek, aholi turli guruhlari orasida sogʻlom hayot kechirish afzalliklarini targʻib etish, sogʻlom avlodni tarbiyalash, kasalliklar profilaktikasi boʻyicha ommaviy va induvidual targʻibot tadbirlarini olib borish, profilaktik immunoprofilaktik, diagnostik va davolash muolajalarini amalga oshirish kabi tibbiy xizmatlar uchun endi Bogʻ mahallasi aholisida necha chaqirim yoʻl bosib, Mangʻitga qatnab yurmaydigan boʻldi. Mahalla tibbiyot punkti tibbiy brigadasi aʼzolari chaqiruvga binoan uylariga borib ham koʻrikdan oʻtkazayotgani, zarur hollarda muolaja qilib, kerakli dori-darmonlarni berayotgani aholining orzulari roʻyobi boʻlayotir.

Mahallada sogʻlom turmush barqaror boʻlishida mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari, profilaktika inspektori hamkorligi yoʻlga qoʻyilgani kutilgan samarani berayapti.

Mahallada istiqomat qiluvchi 1993-yilda tugʻilgan Muhayyo Adamova bir hafta muqaddam jarrohliq operatsiyasini boshidan oʻtkazdi.

Uni endilikda nafas yetishmovchiligi, umumiy holsizlik va badanining kesilgan joylarida surunkali ogʻriq bezvota qilayotgani uchun tibbiyot punktiga koʻrikka keldi. Oliy toifali, malakali shifokor Gulbahor Toʻrayeva uni sinchiklab tekshirib, davo muolajalarini buyurib, zurar dorilar berdi va ularni qay tarzda qabul qilish yoʻl-yoʻriqlarini tushuntirdi. Qon bosimi oshishidan shikoyat qilib kelgan fuqaroga ham zarur dori-darmonlar punkt hisobidan bepul berildi.

Tibbiyot punkti faoliyatini kuzatgan kishi bu yerga tashrif buyurayotganlar yoʻl bosib tuman markaziga borib yurmay, oʻz hududlarida malakali tibbiy xizmatdan foydalanayotganliklaridan mamnun boʻlib ketayotganiga guvoh boʻladi. Bu esa tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun ekanligining amaldagi ifodasidir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026