YoShLAR–YuRT KELAJAGI UChUN OVOZ BERADI
Mamlakatimizda har bir fuqaroning saylov huquqini himoya qilish, oʻz xohish-irodasini erkin ifodalashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Joriy yilning 21-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylov muhim siyosiy tadbir sifatida yoshlarimiz hayotida ham yorqin iz qoldirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu yil saylovda millionlab oʻgʻil-qizlarimiz ilk marotaba qatnashib, oʻz konstitutsiyaviy huquqini roʻyobga chiqaradi.
Bugungi kunda yoshlar davlatimizning ishonchi va tayanchi sifatida yuksak gʻamxoʻrlik hamda eʼtibor taftini his etib ulgʻaymoqdalar.Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda, ularning taʼlim-tarbiya olishi, oʻz iqtidori hamda imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.
Binobarin, yoshlarimizda Vatanimiz taqdiriga, mamlakatimizda kechayotgan demokratik oʻzgarishlarga nisbatan daxldorlik hissi tobora kuchayib bormoqda.
Bugun dunyoning koʻplab mamlakatlarida yurtimiz yoshlariga havas bilan qarashadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki yoshlarimiz davlatimizning yuksak eʼtibori va gʻamxoʻrligi ogʻushidadir.
Yoshlarimizning shijoati, gʻayrati, intilishlari, erishayotgan muvaffaqiyatlari ana shu imkoniyatlardan toʻla-toʻkis foydalanayotganliklari natijasidir.
Mustaqil yurt fuqarosi sifatida yoshlarimiz munosib nomzodning deputat etib saylanishi uchun oʻz munosabatlarini bildiradi, deb ishonamiz. Ular shu orqali yurtimizning kelgusi ravnaqiga, xalqimizning turmush farovonligi yanada yuksalishiga hissa qoʻshadilar. Yangi saylanadigan deputatlar mamlakatimizning uzoq istiqboldagi taraqqiyotini belgilab beradigan yangi qonunlar ustida ishlaydilar, ularning ijrosini nazorat qiladilar. Demak, saylovda munosib nomzodga ovoz berish har bir yosh yigit-qizlarimizning fuqarolik burchidir.
Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning huquqiy madaniyatini, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirishga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Ishonchim komilki. Oʻzbekiston parlamenti va mahalliy Kengashlariga yuksak fuqarolik masʼuliyatiga ega insonlar saylanadi.
Muqaddas Beknazarova,
78-uchastka saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶