Qipçoq davlat örmon xöjaligi tasarrufidagi 16 ming 545 gektar yer maydonlaridan samarali foydalanilmoqda
Qipçoq davlat örmon xöjaligining umumiy yer maydoni 16 ming 545 gektar bölib, şundan örmon bilan qoplangan maydonlar 5 ming 167 gektar, tutaşmagan örmonzorlar 855 gektar, örmon köçatxonalari 20,5 gektar, taqir yerlar 6,8 gektar, xaydaladigan yerlar 24,5 gektar, yaylovlar 689,9 gektar, suvli yerlar 2,4 gektar, yöllar 10 gektar, qumliklar 1 ming 894 gektar, boşqa yerlar esa 8 ming 729 gektardan ziyodni taşkil qiladi.
Joriy yilda xöjalikda madaniy örmon barpo qiliş, uruğçilik, köçatçilik böyiça uruğ tayyorlaş yillik rejasi 3 ming 900 kg. Qilib belgilangan bölib, hozirgi kungaça jami 7 ming 660 kg. uruğlar tayyorlandi. Şundan 7000 kg. saksovul uruğlari terilib, orol dengizining qurigan tubida va tuman qumli hududlarida uruğdan örmon barpo etiş uçun sepildi. Qayrağoç, tut, yasen, klyon, şarq tuyasi, şaftoli, örik uruğlari tayyorlanib, köçatxonalarga ekildi.
Bu yil köçatdan, uruğdan 175 gektar madaniy örmon barpo qiliş belgilangan bölib, hozirgi kunga 70 gektardagi qumli hududlarga saksovul uruğlari, bundan taşqari 4 gektarga yasen, klyon, katalpa va oqterak köçatlari ekildi. Orol dengizining qurigan tubida 2000 gektar maydonda örmon barpo etiş uçun uruğ sepildi.
Şuningdek 11,35 gektar maydonda 1 mln. 50 ming dona nihol va köçatlar ekildi. Bulardan taşqari xöjalikda dorivor va ozuqabop ösimliklar uruğlarini tayyorlaş va ekişga ham eʼtibor qaratilmoqda. Şu kungaça 28 gektar maydonga dorivor ösimliklar ekildi.
Qöşimça tarmoqlarni rivojlantiriş böyiça asalalari uyalari soni 185 taga yetkazildi va 750 kg. asal olindi. Parrandalar boş soni xususiy subʼektlar bilan birga 1 ming 512 taga, qoramollar soni esa 95 boşga yetkazildi.
Xöjalikda yerlardan samarali foydalaniş maqsadida 2022-yilda 15 gektar maydonda qişloq xöjaligi ekinlari ekildi. Bular ozuqabop ekinlar, buğdoy, şoli va boşqa ekinlar bölib hosili yiğib olindi.
Tumanimizning "Oq oltin" va "Amir Temur" nomli ovullar hududiga 2022-yilda jami yangidan 20 gektar maydonga tut köçatlari ekildi. Uşbu ekilgan ihotazorlar suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilab, garmseldan himoya qiladi va hosildorligini kötarişga xizmat qiladi.
Bundan taşqari içki turizmni rivojlantiriş maqsadida örmon fondi hududida “Sohil böyi” dam oliş maskani taşkil etildi. Bu yerda aholining oilaviy dam olişlari uçun ötovlar, çömiliş havzasi, qayiq va çömiliş anjomlari, qumli maydon mavjud.
Örmonlar umumxalq boyligi. Ular davlat muhofazasida bölib, örmonlarni asraş, kelajak avlodlarga yanada boyitilgan holda yetkaziş barçamizning vazifamizdir. Biroq hududga özboşimçalik bilan kiriş, ov qiliş, daraxtlarni topiş, çorva mollarini boqiş kabi holatlar ham baʼzida uçrab turadi. Bular böyiça joriy yilning ötgan davrida 12 ta holatda qonunbuziliş holatlari aniqlanib, tegişli maʼmuriy organlar tomonidan çoralar körildi.
Buningdek holatlar takrorlanmasligi uçun xöjalik bilan çegaradoş hududlarda tuşuntiriş-tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda. Çunki, bugungidek ekologik oğir vaziyatdan bizni faqat ona tibatga bölgan oqilona munosabatimizgina qutqara oladi.
Erkinboy Törayev, “Qipçoq” davlat örmon xöjaligi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶