Unutilmas voqea boʻldi
Shu yilning 21-dekabr kuni erta tongda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari tuman Kengashiga oʻtkaziladigan saylovlarda qatnashish uchun 80-saylov uchastkasiga yoʻl oldim.
Bunday siyosiy tadbirlarda birinchi bor ishtirok etayotganim sababli oʻzimda katta masʼuliyat, qalbimda esa kuchli hayajonni his qilardim. Saylov uchastkasiga yetib kelganimda saylovchilarning shodon chehralarini, koʻtarinki kayfiyatlarini, ularning saylovni uyushqoqlik va yuksak intizom bilan oʻtkazishayotganliklarini koʻrib, shunday el-yurt uchun fidoyi insonlar orasida yashayotganimdan benihoya faxrlandim.
Shu kuni umrimda birinchi bor saylovda ishtirok qildim, farovon hayotimiz, yurtimiz tinchligi uchun ovoz berdim
Bu kun mening hayotimda unutilmas voqea sifatida muhrlanib qoladi, albatta.
Aziza Ismoilova
Amudaryo tumani.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶