28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:20
Madaniyat 👁 409

“BESh MUHIM TAShABBUS – YoShLARGA QANOT” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA KONTsERT DASTURI NAMOYISh ETILDI

“BESh MUHIM TAShABBUS – YoShLARGA QANOT” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA KONTsERT DASTURI NAMOYISh ETILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan tashkil qilingan davlat granti tanlovida “Mening oilam” gazetasi tahririyatining “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” nomli loyihasi gʻolib boʻlgan edi.

“Mening oilam” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi mazkur fond tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida oʻquv muassasalarida, ovul va mahallalarda turli xil mavzulardagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish orqali Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan besh muhim tashabbus boʻyicha yoshlarning ijtimoiy folligini oshirish borasida faoliyat olib borishmoqda.

Gazetaning maxsus muxbiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, loyiha koordinatori Robiya Yoʻldosheva loyihada koʻzda tutilgan reja asosida Mangʻit shahridagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida nogironligi boʻlgan yoshlarning musiqa va sanʼatga qiziqishini oshirish maqsadida mazkur musiqa va sanʼat maktabi maʼmuriyati hamda tuman Nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilarining kontsert dasturini tashkil etdi.

Ushbu kontsert dasturi davomida Amudaryo tumanining turli hududlaridagi umumtaʼlim maktablarining uyda taʼlim oluvchi oʻquvchilari, shuningdek ovul va mahallalarda istiqomat qiluvchi nogironligi boʻlgan, sanʼat va musiqaga ixlosmand yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirni “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” loyihasi koordinatori Robiya Yoʻldosheva ochdi va mamlakatimizda imkoniyati cheklangan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning musiqa va sanʼatga boʻlgan iqtidorlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur kontsert dasturining ahamiyati xususida soʻz yuritib, tadbir ishtirokchilarini 3-dekabr – Xalqaro Nogironlar kuni va yaqinlashib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan tabrikladi.

Kontsert dasturi davomida 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Yoʻldashboy Obdalov, “Besh muhim tashabbus”ning birinchi yoʻnalishi yoshlarni musiqa va sanʼatga qiziqtirish, ularning ushbu yoʻnalish boʻyicha iqtidorlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash yuzasidan mamlakatimizda, shu jumladan tumanimizda, shuningdek 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning ahamiyati xususida soʻz yuritdi.

Shundan soʻng, musiqa va sanʼat maktabida taʼlim olayotgan sanʼatsevar yoshlar oʻz iqtidorlarini namoyish etdilar. Oʻzbek va qadrdosh xalqlar milliy cholgʻu asboblarida biri-biridan mazmundor, yoqimli kuylar chalib, ashulalar aytishdi, raqslar ijro etishdi. Ayniqsa, xalq cholgʻulari orkestri, estarada xonandaligi, anʼanaviy ijrochilik, rubob, doira, raqs yoʻnalishlarida musiqiy taʼlim olayotgan oʻquvchi-yoshlarning ijrolari kontsert dasturini yanada boyitdi.

Kontsert dasturida ishtirok etgan yoshlar oʻz tengdoshlarining ijro mahoratlaridan mamnun boʻldilar, shu bilan birga ular qalbida musiqa va sanʼatga boʻlgan mehr va ishtiyoqlari ortdi. Tadbirda ishtirok etgan yoshlar miriqib hordiq chiqardilar hamda oʻzlari ham musiqa bilan shugʻullanish istagida ekanliklarini bildirdilar.

Kontsert dasturi yakunida faol va jamoatchi yoshlarga sovgʻalar berilib, “Ranglar jilosi” Respublika tanlovida munosib ishtirok etgan ijodkor yoshlarga mazkur musiqa va sanʼat maktabi direktori Yoʻldoshboy Obdalov tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026