14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:40
Siyosat 👁 351

KONSTITUTsIYaMIZNING 30-YILLIK BAYRAMI KENG NIShONLANDI

KONSTITUTsIYaMIZNING 30-YILLIK BAYRAMI KENG NIShONLANDI

Yurtimizda har yili 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bu yil Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 30-yil toʻldi.

Oʻtgan davr mobaynida davlatimizning xalqaro maydonda oʻz oʻrnini topishi, barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish va yuksak marralarga erishish, xalqimiz uchun hech kimdan kam boʻlmagan farovon hayot barpo etishda asosiy qonunimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qildi.

Amudaryo tumanida ham Bosh Qomusimizning 30-yilligi keng nishonlanib, sana munosabati bilan “Konstitutsiya – qomusimiz” deb nomlangan katta tadbir oʻtkazildi.

7-dekabr kuni tuman Madaniyat markazining kontsertlar zalida boʻlib oʻtgan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari va tegishli davlat organlari masʼullari, deputatlar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev nutq soʻzlab, barchani bayram bilan tabrikladi. Tuman hokimi Konstitutsiyaga tayangan holda Prezidentimiz rahbarligida Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani, oʻtgan yillar davomida davlatimiz va jamiyatimiz hayotida juda katta yangilanishlar roʻy berayotgani, Asosiy Qonunimizda belgilanganidek, xalq manfaatining hamma narsadan ustunligi, erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi tamoyillari nafaqat Konstitutsiyamizda, balki amalda ham davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylangani xususida soʻzladi.

Tadbir davomida turli sohalarda mehnat qilib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir qator fidoyilarga “Konstitutsiyaning 30-yilligi” koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Darhaqiqat, Konstitutsiyamizdagi “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan tamoyildan kelib chiqib aholi bilan doimiy muloqot qilish davlat idoralarining bosh vazifasi etib belgilandi. Davlat organlari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan, ularning muammolarini tinglab, hal qiladigan samarali tizim yoʻlga qoʻyildi. Davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralik amalda taʼminlanib, muhim qaror va qonunlar loyihalari muhokamalarida fuqarolarimiz ham faol ishtirok etmoqda. Byudjet mablagʻlaridan foydalanish, davlat xaridlari va boshqa koʻplab masalalar boʻyicha muhim koʻrsatkichlar jamoatchilikka ochiq taqdim qilinmoqda.

Yurtimizda aholining ehtiyojmand qatlamlarini himoya qilish, kambagʻallikni qisqartirish, hududlarni izchil rivojlantirish borasida tizimli ishlar qilinmoqda. Shu maqsadda joriy etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, shuningdek “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimlari bugungi kunga kelib dastlabki ijobiy natijalarini bermoqda.

Tumanimizda ham ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan jami 602 nafar ishsiz fuqaroga joriy yil boshidan beri 2,4 mlrd. soʻmlik subsidiyalar ajratilib, bandligi taʼminlandi. “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida 3 090 nafar fuqaroga salkam 51 mlrd. soʻmlik kreditlar ajratildi.

Birgina “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb eʼlon qilingan joriy yilda jami 77 ta obʼektlarda 112,3 mlrd. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan insonparvar tamoyillarning hayotiy ifodasidir.

Tadbirning tantanali qismi yakunlanganidan soʻng, tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Dastur davomida ijro etilgan Vatan, tinchlik va inson qadri haqidagi sheʼr hamda qoʻshiqlar, yosh havaskorlar ijrosidagi dilrabo raqslar tadbirga yanada fayz kiritdi va barchaga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019