28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:34
Salomatlik 👁 280

QUTURISh KASALLIGINING OLDINI OLISh ChORALARI TARGʻIB ETILDI

QUTURISh KASALLIGINING OLDINI OLISh ChORALARI TARGʻIB ETILDI

Quturish – oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, markaziy asab tizimining zararlanishi bilan taʼriflanadi. Ushbu xavfli kasallikdan saqlanish borasida aholi orasida tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan keng targʻibot ishlari olib borilmoqda. Koʻchalarda bolalarning daydi, egasiz itlar bilan oʻynashiga yoʻl qoʻymaslik xususida ogohlantirilmoqda. Chunki egasiz itlarning quturgan yo quturmaganligini aniqlashning imkoni yoʻq.

12-dekabr kuni tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi epidemiolog shifokori Durbek Bobojonov shu haqda tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borish maqsadida 40-maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari huzurida boʻldi. Ishtirokchilarga quturish kasalligining oldini olish, bunga sabab boʻluvchi yovvoyi hayvonlarning jarohat yetkazishidan ehtiyot boʻlish lozimligi xususida batafsil gapirib berdi.

Mazkur kasallik infektsiyasi manbai quturgan uy va yovvoyi hayvonlardir. Itning soʻlagida virus quturish belgilari maʼlum boʻlishidan 7-10 kun ilgari paydo boʻla boshlaydi. Itdan quturish kasalligi yuqishi uchun itning odamni tishlashi shart emas, uning soʻlagi odam terisidagi shilingan yoki tirnalgan joyiga tushsa ham kasallik yuqadi.

Yaralangan odam terisiga tushgan it soʻlagidagi virus asab tolalari boʻylab, bosh va orqa miyaga yetib boradi va ularda koʻpayib, chuqur oʻzgarishlar yuz berishiga sabab boʻladi.

Kasallikning inkubatsion, yaʼni yashirin davri 1-2 oy davom etadi, baʼzan 2 haftagacha qisqarishi yoki 1-yilgacha uzayishi mumkin. Shuning uchun ham it tishlashidan saqlanish, ehtiyotkorlik juda muhim.

Shuningdek, shu kuni Beruniy mahalla fuqarolar yigʻinida ham oqibati oʻlim bilan tugaydigan quturish kasalligi, uning profilaktikasi xususida maʼruza qildi. Yangiobod mahallasi xonadonlarida ham bu haqda fuqarolarga keng tushunchalar berdi. Bu bejiz emas. Chunki tumanimizda it tishlashi kabi noxush voqealar tez-tez sodir boʻlib turibdi.

Boʻlimga joriy yilning oʻtgan 11 oyi davomida 119 nafar fuqarolar yovvoyi hayvonlar tishlashi oqibatida murojaat qilganlar. Shularning koʻpchiligi egasiz itlar boʻlib chiqmoqda. Agar jarohat yetkazgan it egasi maʼlum boʻlsa it darrov nazoratga olinadi.

Yovvoyi hayvonlar tishlab, boʻlimga murojaat qilgan fuqarolarning barchasi toʻliq davolandi va quturish kasalligidan himoya qilindi. Jarohat yetkazgan itlarda epidemiologik tekshirishlar oʻtkazilib, zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, fuqarolarning yovvoyi hayvonlardan jabrlanishdan saqlanishi juda muhim. Agar shunday koʻngilsiz holat sodir boʻlsa, shu zahotiyoq tibbiyot muassasasiga murojaat qilishi lozim.

Inson hayoti aziz. Arzimagan baxtsiz tasodiflarga, xususan, yovvoyi hayvonlar tishlashi natijasida yetkazilgan jarohatlarga eʼtiborsiz qaramaslik lozim.

Quturishning davosi yoʻq. Profilaktikasi – daydi it va hayvonlardan ehtiyot boʻlish-dir. It tishlagan odamlarni oʻz vaqtida ehtiyotdan emlash orqaligina hayotini saqlab qolish mumkin.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026