28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:45
Jamiyat 👁 305

“MEHR HARAKATI” DOIRASIDA KAM TAʼMINLANGAN OILALAR FARZANDLARIGA QIShKI KIYIM-KEChAKLAR TARQATILDI

“MEHR HARAKATI” DOIRASIDA KAM TAʼMINLANGAN OILALAR FARZANDLARIGA QIShKI KIYIM-KEChAKLAR TARQATILDI

Shu kunlarda yurtimizda “Mehr harakati” doirasida kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga zarur boʻlgan uy-roʻzgʻor buyumlari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari berilmoqda. Harakat doirasida Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobidan umumtaʼlim maktablarida taʼlim oluvchi kam taʼminlangan oilalar farzandlariga qishki kiyim-kechaklar berildi.

13-dekabr kuni oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hamda sektorlar rahbarlari, Xalq taʼlimi boʻlimi masʼullari va umumtaʼlim maktablari direktorlari ishtirok etdilar. Tadbirda tumanimiz maktablarida taʼlim-tarbiya olayotgan kam taʼminlangan va boquvchisini yoʻqotgan, ehtiyojmand oilalarning 95 nafar farzandlariga qishki kiyim-kechaklar tarqatildi.

Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi “Oʻqituvchilar va oʻquvchilar moddiy sharoitini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda 2002-yil 25-yanvardagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” tegishli qarorlarida kam taʼminlangan oilalarga mansub oʻquvchilarni bepul qishki kiyim-bosh toʻplami bilan taʼminlash belgilangan. Shunga koʻra bunday oʻquvchilar roʻyxati maktab rahbari va ota-onalar qoʻmitasi tomonidan aniqlanib, shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha qishki kiyim-kechaklar tarqatilib kelinmoqda.

Undan tashqari, mazkur qarorga muvofiq koʻmakka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh, maktab formasi va oʻquv qurollari bilan taʼminlash maqsadida “Temir daftar”ga kiritilgan, boquvchisini yoʻqotgan va nogironligi boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan bolalarga bir martalik yordam puli berildi. Ushbu moddiy yordam bilan tumandagi muhtoj oilalardagi bolalar qamrab olinadi. Shuningdek, boquvchisini yoʻqotgan oilalardagi va nogironligi boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan bolalar roʻyxati shakllantirilib, pensiya va nafaqalariga qoʻshib berildi.

Taʼkidlash joizki, yurtimizda “Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi”da ijtimoiy adolat tamoyili asosida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni bartaraf etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi etib belgilangan. Aslida bu xalqimizga xos insonparvarlik tamoyilining amaldagi ifodasidir. Oxirgi yillarda eʼtiborga muhtoj aholi qatlamiga gʻamxoʻrlik koʻrsatish boʻyicha yangi tizim yaratildi.

Tadbirda ushbu ezgu ishlarni davom ettirish, yurtimizdagi mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan yanada keng imkoniyatlar xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, bolalar oʻzlariga topshirilgan qishki kiyim-kechaklar toʻplamidan iborat boʻlgan sovgʻalarni mamnuniyat bilan qabul qildilar. Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar ham davlatimizning muruvvat yordami gʻamxoʻrliklari, eʼtiboridan mamnun ekanligini bildirdilar.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026