SANʼAT OŞUFTASI
Inson zoti har qanday musiqiy ohangni befarq tinglay olmaydi. Prima rubobida Uluğbek Töliboyev ijrosidagi goh sokin, goh mahzun, goh şiddatli kuyni tinglaş barobarida qalbingizda özgaça tuyğular uyğonadi, uning hayotga intilişi, yaratişga iştiyoqi kuçliligi sabab, taqdir sinovlariga böyin egmay, hayotda munosib örnini topişga intilayotganini his qilasiz. Uning özi ham rubob torlari uzra barmoqlarining harakatlaridan yaralayotgan ohanglarga şönğib ketayotganday tuyuladi tinglovçiga.
Imkoniyati çeklangan, yaʼni közi ojiz bölsa-da, uyida ötirib öqişni, taqdirga tan berib, qiziqişlaridan keçişni istamadi. Bu yigit Manğit şahrining Durunki mahallasida istiqomat qiladi. Hududdagi 36-sonli maktabni tugatgan. Maktabda öqiş davrida 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida öz qiziqişlariga köra, rubob sinfida rahmatlik Ahmad Xudoyberganovdan saboqlar olgan.
Musiqa maktabida soz çalişni örganiş bilan çeklanmay, taniqli xonanda, maktabning puflab çalinadigan asboblar sinfi öqituvçisi Anvar Xudoyberganovdan anʼanaviy xonandalik yönalişi böyiça ham saboqlar oldi. Sanʼatkor unga ixlosiga köra, sinfdan taşqari anʼanaviy, mumtoz aşulalarni ijro etiş mahoratini örgatdi.
Musiqa maktabini tugatganidan söng Uluğbek Japaq Şomurodov nomidagi Nukus madaniyat va sanʼat kollejiga öqişga kirdi va muvaffiyatli tugatdi. Bir neça yillar tuman Közi ojizlar jamiyatining işlab çiqariş tsexida işladi. Biroq sanʼatga qiziqişi uni sanʼatkorlar davrasiga çorlayverdi. Hozir “Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli aʼzosi. Ansambl badiiy rahbari Anvar Xudoyberganov kömagida qöşiqlar örganib, xalqimiz eʼtiboriga havola etayapti.
– U yaqindagina tumanimiz sanʼati darğalaridan biri, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan artist, el dilida qöşiqlari bilan yaşayotgan hofiz Nazir Rahimov xotirasiga bağişlab ötkazilgan adabiy keçada marhum ustozning qöşiqlaridan ijro etib, olqişlarga sazovor böldi, – deydi tuman Madaniyat bölimi xodimi O.Begimov.
Ayni kunda ustozlik qilib, qöşiqlarni maromiga yetkazib ijro etişni örgatayotgan ustozi A.Xudoyberganov ham Uluğbekning yodlaş qobiliyati kuçli, eşitgan ohangini xotirasida saqlab, ijro eta olişini taʼkidlaydi.
Eʼtiborlisi, U.Töliboyevning sanʼatga mehri özgaça. Şu bois har kuni yöl bosib, qiyinçiliklarga qaramay, tuman Madaniyat bölimi binosiga, tögarak maşğulotlariga hammadan avval yetib keladi. Bölim tomonidan Xalqaro nogironlar kuniga bağişlab tayyorlangan katta xayriya kontsertda Uluğbek Nazir Rahimovning “Bandang erurman” qöşiğini ijro etdi.
Imkoniyati çeklangan bölişiga qaramay, özining hayotdagi intilişlari sari dadil odimlayotgan Uluğbekning ijodi barakali bölişini tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶