MADANIYaT MARKAZI TASARRUFIDAGI XALQ ANSAMBLLARINING HISOBOT KONTsERTI ÖTKAZILDI
Amudaryo tuman madaniyat bölimi tasarrufidagi “Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli, “Ofarin” folklor-etnografik xalq jamoasi, “Jayhun möʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq jamoalarining “Vatanimni kuylayman” nomli hisobot kontserti bölib ötdi.
20-yanvar kuni tuman Madaniyat markazi kontsertlar zalida bölib ötgan uşbu tadbirda tuman Madaniyat bölimi, hududlardagi madaniyat markazlari xodimlari, ustoz sanʼatkor Gulmirza Nurmatov va boşqalar iştirok etdilar.
Tadbirda tuman Madaniyat markazida taşkil qilingan 3 ta xalq ansambli, «Uçqun» aşula va raqs xalq ansambli, «Ofarin» folklor-etnografik xalq ansambli, «Jayhun möʼjizasi» anʼanaviy sahna tsirk xalq jamoalari xalqimizning maʼnaviy qadriyatlarini tiklaş, ularni asrab-avaylaş va rivojlantiriş, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy merosimizni yuksaltiriş borasida qilayotgan xizmatlari, joriy yilda «Uçqun» aşula va raqs xalq ansamblining taşkil qilinganiga 60-yil tölayotgani eʼtirof etildi. Şuningdek, “Ofarin” folklor-etnografik halq jamoasining faoliyati, yutuqlari, “Jayxun möʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq jamoasining turli maʼnaviy-maʼrifiy, bayram tadbirlaridagi iştiroki tilga olindi.
Tadbir davomida «Uçqun» aşula va raqs xalq ansambli, «Ofarin» folklor-etnografik xalq ansambli, «Jayhun möʼjizasi» anʼanaviy sahna tsirk xalq jamoalari dasturlaridan joy olgan kuy va qöşiqlar, ajoyib raqslar, sahna tomoşalari namoyiş etildi.
N.Eşçanova, tuman Madaniyat bölimi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶