“Beş taşabbus – yoşlarga qanot” loyihasi doirasida ötkazilgan inşolar tanlovi ğoliblari rağbatlantirildi
Prezidentimiz tomonidan yoşlar hayotiga keng joriy etilgan beş muhim taşabbus doirasida amalga oşirilayotgan keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş, öz qobiliyatlarini amalda namoyon etişlari uçun ulkan imkon eşiklarini oçib berganligi blian muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada “Mening oilam” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar eʼtiborga molik.
Tahririyat Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Nogironligi bölgan şaxslarni ijtimoiy-maʼnaviy qöllab-quvvatlaş” mavzusidagi tanlovning “Nogiron yoşlar orasida beş taşabbus tamoyillarini keng joriy etiş, ularni ijtimoiy-maʼnaviy yuksaltiriş” yönalişida “Beş muhim taşabbus – yoşlarga qanot” loyihasi bilan iştirok etib, mazkur fondning grant sohibi bölgan edi.
Gazeta tahririyati tomonidan beş muhim taşabbus doirasida öquv muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etilib, unda nogironligi bölgan öquvçi-yoşlarning faol iştiroki taʼminlanmoqda.
Joriy yilning yanvar oyi davomida birinçi taşabbus doirasida nogironligi bölgan yoşlarning adabiyotga bölgan qiziqişini oşiriş va isteʼdodlarini yuzaga çiqariş maqsadida “Men öqigan asar qahramoni” mavzusida inşolar tanlovi ötkazildi. Inşolar tanlovida Amudaryo tuman Xalq taʼlimi bölimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining nogironligi bölgan, uyda taʼlim olayotgan 20 nafarga yaqin öquvçi-yoşlari iştirok etişdi.
“Beş taşabbus – yoşlarga qanot” loyihasi doirasidagi inşolar tanlovini ötkazuvçi hakamlar hayʼati aʼzolarining xulosasiga köra, 20-sonli maktab öquvçisi Sanʼatbek Rajabov qiyinçiliklarga sabr-bardoşli bölişga undovçi fikrlari uçun 1-öringa munosib körildi. 65-sonli maktab öquvçisi Sevara Safarboyeva yozgan inşo xalq oğzaki ijodiga çeksiz mehri uçun hamda 13-sonli umumtaʼlim maktabining 10-sinf öquvçisi Sevara Xolboyeva ona yurtga muhabbat tuyğusi uluğlangan asar qahramonining fazilatlarini keng yoritgani uçun 2-öringa, 42-sonli maktab öquvçisi Kumuşoy Quvvatova A.Navoiy dahosiga mehr tuyğusi uçun, 5-sonli maktab öquvçisi Bunyodbek Tojiboyev, 2-sonli maktab öquvçisi Xursand Sobirov yozgan inşolar esa yovuzlikka nafrat, yaxşilik va ezgulikni uluğlaş töğrisidagi fikrlari bilan madaniyatli kitobxon yönalişida 3-öringa munosib körildi.
Şuningdek,50-sonli maktab öquvçisi Gulnoza Yursinova, 32-sonli maktab öquvçisi Zafar Primbetov, 42-sonli maktab öquvçisi Oğabek Töraboyev, 10-sonli maktabdan Tursunoy Murodova, Şahzoda Bozorboyeva, 2-sonli maktabdan Alibek Bekçanov, 11-sonli maktabdan Oxunjon Gulmirzayev, 11-sonli maktabdan Sohiba Hayitboyeva, Jasurbek Yöldoşev, Asadbek Baxtovlar yozgan inşolar töğrilik va rostgöylik, tabiatga, hayvonot dunyosiga mehr tuyğulari uluğlangan inşolar sifatida eʼtirof etildi.
Barça yönalişlar böyiça ğoliblar “Mening oilam” gazetasi tahririyati tomonidan rağbatlantirilib, sovğalar taqdim etildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶