29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:43
Siyosat 👁 3,407

MILLIY ARMIYaMIZ –FAXRIMIZ, IFTIXORIMIZ

MILLIY ARMIYaMIZ –FAXRIMIZ, IFTIXORIMIZ

1853-yilda Qoʻqon xonligiga qarashli Oqmachit Rusiya tomonidan istilo qilindi. Bundan ruhlangan rus armiyasining shiddat bilan olib borgan janglari natijasida Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi Rusiya mustamlakasiga aylanadi. 1880-yilda mamlakat imperatori davlatida tinchlikni saqlab turish uchun oʻz hududida yashaydigan barcha erkaklarni olti yillik majburiy harbiy xizmatga jalb qilish haqida farmon qabul qiladi. Biroq bu farmon Turkiston oʻlkasi uchun tatbiq etilmaydi. Ularning fikricha, bizning turkistonlik erkaklar olti yil harbiy xizmatga olinsa, harbiy texnikani puxta egallab, harbiy mahorati oshib, ruslarning oʻlkamizdagi hukmronligini xavf ostida qoldirishi mumkin edi.

Bundan bir necha yuz yil oldin hatto rus armiyasini ham oʻzlarining vatanparvarligi, yurtiga fidoyiligi va qoʻrqmasligi bilan tahlikaga solgan qadimiy va hamisha navqiron yurtimiz yigitlari, Manguberdi urpoqlari xizmat qilayotgan, bundan 23-yil muqaddam tashkil topgan Milliy armiyamizga yuragida yurt mehri mujassam, harbiy qasamyodiga sodiq oʻgʻlonlarni saralab berayotgan tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Faxriddin Musulmonov bilan bayram arafasida boʻlgan suhbatda bizga quyidagilarni soʻzlab berdi:

– Istiqlol yillarida Yurtboshimiz rahnamoligida izchil amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli Qurolli Kuchlarimiz har jihatdan mustahkamlandi, kuch-qudrati oshdi. Ona yurtimizni koʻz qorachigʻiday asrash, milliy armiya safida xizmat qilish yigitlarimiz uchun muqaddas burch va sharafga aylandi. Yigitlarni harbiy xizmatga kuzatish, zahiraga boʻshatilgan askarlarni kutib olish bayram tusini oldi.

Yurtboshimizning 2008-yil 20-noyabrdagi "Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan yigitlar muddatli harbiy xizmatga yiliga bir marta chaqiriladigan boʻldi. Mudofaaishlari boshqarmalari, boʻlimlari chaqiruv maskanlari infratuzilmasi takomillashtirildi, zarur moddiy-texnik ashyolar va uskunalar bilan jihozlandi.

Oʻgʻlonlarimizning oʻz yurtimizda harbiy xizmat burchlarini ado etayotganliklari, oʻz yurti ravnaqi va osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilayotgani ularning koʻnglini faxr-iftixorga toʻldirmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, bugun milliy armiyamiz saflarida har tomonlama chiniqqan, mard yigitlar xizmat qilayapti. Ona Oʻzbekistonimizga, ezgu qadriyatlarimizga sodiq oʻgʻlonlardan tarkib topgan Armiyamiz yurtimiz tinchligining ishonchli tayanchidir.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining hayotga tatbiq etilishi ham mamlakatimizning mudofaa qudratiga qudrat qoʻshmoqda.

Shuni ham aytib oʻtish oʻrinliki, harbiy xizmatning mazkur turida oʻz burchini oʻtab, bugungi kunda tumanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan yigitlarimiz talay. Tuman iqtisodiyot boʻlimi mutaxassisi Rashid Salayev, Xalq banki tuman boʻlimi xodimi Salomat Oʻrozboyev, Mikrokreditbank Mangʻit filiali boshqaruvchisi Alibek Omonov, tuman prokuraturasi devonxonasi katta noziri Obid Yoʻldoshev, tuman Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari Ikrom Salayev, Inomjon Karimov, "Mangʻit pochta” aloqa tarmogʻi boshligʻi Islom Matkarimovlar shular jumlasidandir.

Oʻtgan yilning oʻzida muddatli harbiy xizmatni oʻtab qaytgan yigitlarning 51 nafari oʻzlari tanlagan soha boʻyicha ishga joylashtirildi. Oʻzlari xizmat qilgan qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan 5 nafar yigit turli oliy oʻquv yurtlariga imtiyozli ravishda oʻqishga qabul qilindi.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining bugungidek yuksak salohiyatga ega boʻlishida malakali harbiy mutaxassis kadrlarni tayyorlab berayotgan Mudofaa Vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy bilim yurtlarining oʻrni alohidadir. Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti, Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti , Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy tibbiyot fakulteti shular jumlasidandir. Ana shu maskanlarda ayni kunda tumanimizdan 8 nafar oʻgʻlonlar taʼlim olishmoqda. Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarda tumanimizning 130 nafardan ortiq ofitser va serjant kadrlari mamlakatimiz osoyishtaligini saqlashdek muqaddas va ezgu ishga hissa qoʻshmoqdalar.

Har safar navbatdagi harbiy xizmatga chaqiruv boshlanishi bilan: "men ham Armiyaga borishni xohlayman”, deb murojaat qiladigan yigitlarni koʻrganimda quvonib ketaman. Bu ularning mamlakatimiz osoyishtaligiga oʻzlarini burchli, deb bilganidan. Milliy Armiyamiz ana shunday vatanparvar, otashqalb yigitlardan tarkib topgan ekan, yurt tinchligi ishonchli qoʻllarda, deya baralla aytishga haqlimiz. Tinchligimiz posbonlarini 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklayman!

Suhbatdosh: Oygul Rajabova.

(Foto - uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026