SPORT MURABBIYLARI BÖSM BIRINÇILIGI UÇUN ÖZARO BELLAŞDILAR
Sport sohasida iqtidorli, kuçli sportçilarni tayyorlaş, turli musobaqalarda sport maktabi, qolaversa, öz ustozlarining şaʼnini himoya qilib, ğoliblik şohsupalaridan munosib joy oladigan şogirdlar yetiştiriş uçun, avvalo sport murabbiylari öz yönalişlari böyiça ham jismoniy, ham maʼnaviy yetuklikka ega bölişlari talab etiladi. Şu bois, sport murabbiylari doimiy ravişda öz ustlarida işlaş orqali jismoniy çiniqib, tajribalarini boyitib borişadi.
Amudaryo tumanidagi Çorşam Tojimurodov rahbarlik qilayotgan Bolalar-ösmirlar sport maktabi tomonidan bu borada amalga oşirilayotgan işlar eʼtiborga munosib.
Bolalar-ösmirlar sport maktabidagi olimpia sport turlari böyiça turli yönalişlarda faoliyat olib boruvçi sport murabbiylari örtasida tez-tez sport maktabi birinçiligi musobaqalari ötkazilib, ilğor trenerning tajribalari ommalaştirilib borilayotgani bois, maktab tarbiyalanuvçilari orasidan Qoraqalpoğiston va Özbekiston miqyosidagi musobaqalar, çempionat va kuboklar ğoliblari yetişib çiqmoqda.
Joriy yilning 18-fevral sanasida Amudaryo Xalq taʼlimi bölimi tasarrufidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabi sport zalida Bolalar-ösmirlar sport maktabi xodimlari va murabbiylari örtasida sport maktabi birinçiligi musobaqalari ötkazildi.
Yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlariga kömaklaşiş, uyuşmagan yoşlarni turli sport tögaraklariga jalb etiş maqsadida rejali ravişda taşkillaştirilgan mazkur musobaqa murosasiz, qizğin bahslarga boy qiziqarli tarzda ötkazildi.
Sport maktabining taqvim-iş rejasiga asosan har haftaning şanba kunlarida taşkil etiladigan mazkur musobaqaning bu galgi iştirokçilari sportning badminton turi böyiça özaro kuç sinaşdilar.
Musobaqada 50 nafardan ziyod işçi-xodim va sport murabbiylari iştirok etişdi va Umida Bozorboyeva boş hakam, Zuhra Şomurodova boş hakam yordamçisi sifatida sport murabbiylarining har bir harakatini odilona boşqarib borişdi.
Erkaklar örtasida bölib ötgan bellaşuvlar nihoyatda qiziqarli taassurotlarga boy böldi.
Musobaqaning final bahsida stol tennisi treneri Bunyod Kamolov va Akbar Mavlonovlar özaro kuç sinaşdilar va bu uçraşuvda Akbar Mavlonov ğolib çiqib, 1-örinni egalladi. 2-örin Bunyod Kamolovga, 3-örin Xursand Yusupovga nasib etdi.
Ayollar örtasida 1-örinni voleybol sporti treneri Sabohat Sobirova egalladi. 2-örin Hamida Rajabovaga, 3-örin Mohira Xöjaniyozova va Baxira Bayanboyevaga nasib etdi.
Ğolib va sovrindorlarni Sport maktabi direktori Çorşam Tojimurdov diplom va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
Şuningdek, musobaqaning boş hakami Umida Bozorboyeva va Zuhra Şomurodovalar musobaqani odilona boşqarganligi uçun Sport maktabi tomonidan taşakkurnoma bilan taqdirlandilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶