“MILLIY ESTARADA IJROÇILIGI HAFTALIGI” DOIRASIDA QORAQALPOĞISTONDA XIZMAT KÖRSATGAN ARTIST I.SIYTIMOV YoŞ IJROÇILAR UÇUN MAHORAT DARSI ÖTKAZDI
Özbek xalqining asrlar davomida şakllangan va avloddan-avlodga noyob meros sifatida ötib kelayotgan milliy raqs, musiqa va anʼanaviy ijroçilik sanʼatini zamonaviy estrada sanʼati bilan uyğunlikda rivojlantiriş, yanada boyitiş, xalqimiz, ayniqsa, yoş avlod ongiga bu bebaho boyliklarga çuqur hurmat va havas tuyğularini singdiriş, ularda milliy madaniyatimiz, qadriyatlarimizga nisbatan mehr va ehtirom hislarini yuksaltiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm Vazirligi tomonidan joriy yilning 21-28-fevral kunlari “Milliy estrada ijroçiligi haftaligi” deb eʼlon qilindi. Unga köra mamlakatimizning barça hududlaridagi madaniyat va sanʼat dargohlarida mazkur haftalik doirasida körik-tanlovlar, milliy estrada sanʼati darğalari bilan uçraşuvlar, uşbu sanʼat turini milliy raqs, musiqa va anʼanaviy ijroçilik sanʼati bilan uyğunlikda rivojlantirişga qaratilgan tarğibot tadbirlari, şuningdek, zamonaviy estrada sanʼatining yoş, umidli vakillari bilan sanʼatsevar yoşlarning samimiy, dildan suhbat tarzidagi uçraşuvlari ötkazildi.
28-fevral kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi Amudaryo tuman 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining tantanalar zalida “Milliy estrada ijroçiligi haftaligi” doirasida “Ustozlar mahorati – yoşlarga ibrat” mavzusida adabiy-musiqiy uçraşuv keçasi taşkil etildi.
Amudaryo tumani madaniyat va turizm bölimi hamda 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi tomonidan taşkillaştirilgan mazkur uçraşuv tadbirida Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan artist, taniqli estrada xonandasi Ikrom Siytimov yoş havaskor sanʼatkorlar va 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining estrada xonandaligi yönalişi öquvçilari uçun mahorat darsini ötkazdi.
Qizğin bahs-munozaralar, qiziqarli savol-javoblar asosida taşkillaştirilgan mahorat darsi orqali öquvçi-yoşlar milliy estradamiz tarixi, bugungi taraqqiyoti, milliy estrada sanʼatini rivojlantiriş va boyitiş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli madaniy islohotlar, yoşlarning uşbu sanʼat turi bilan şuğullanişlari, öz iqtidorlarini namoyon etişlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar haqidagi maʼlumotlarga ega böldilar.
Bundan taşqari, Ikrom Siytimov estrada ijroçiligida yoş xonandalar eʼtibor berişlari kerak bölgan eng muhim jihatlar, xususan, aşula uçun matn (şeʼr) tanlaş, maʼno va mazmun, musiqiy uyğunlikka öta jiddiy eʼtibor qaratiş, taqlidçilikdan yiroq böliş, öz ovozi va uslubiga ega böliş, ijro mahoratini tinimsiz oşiriş orqali öziga xos ijro yöliga, sanʼatkorlar tili bilan aytganda, originalikka ega böliş zarurligi haqida amaliy va nazariy tuşunçalar berdi. Ayniqsa, söz va navo uyğunligini taʼminlaşga qaratilgan tavsiyalar yoş havaskor xonandalar uçun juda qiziqarli va qimmatli fikrlarga boyligi, qolaversa, Ikrom Siytimovning matn tanlaş va musiqa yaratiş mahorati uçraşuv iştirokçilarida katta taassurot qoldirdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶