28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 16:29
Jamiyat 👁 335

MUBORAK RAMAZON KUNLARIDA OVUL VA MAHALLALARDA ROʻZADORLAR UChUN IFTORLIK DASTURXONI YoZILMOQDA

MUBORAK RAMAZON KUNLARIDA OVUL VA MAHALLALARDA ROʻZADORLAR UChUN IFTORLIK DASTURXONI YoZILMOQDA

Shu kunlarda yurtdoshlarimiz Ramazon oyining roʻzasini tinchlik-osoyishtalik, bagʻri butunlikda ado etishmoqda. Bu muqaddas oyda imon-eʼtiqod bilan qilinadigan duolar mustajob boʻladi. Ushbu muborak kunlarda Alloh taolo bandalariga osmon eshiklarini ochib, duolarni qabul qiladi.

Xalqimiz uchun ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat, olijanoblik va shukronalik timsoli boʻlgan, yuksak insonparvarlik tamoyillarini oʻzida mujassam etgan shunday fazilatli kunlarda Jumurtov shaharchasidagi “Qasr” toʻyxonasida shaharcha va Bobur nomli ovul aholisi uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Unda hududda yashovchi roʻzador nuroniylar, mahalla faollari, mehnat faxriylari, imomlar ishtirok etdi.

25-mart kuni Prezidentimiz tashabbusiga koʻra tashkil etilgan ushbu marosimda tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyevlar ham qatnashishdi.

Iftorlikda tuman bosh imom-xatibi Abdurahmon Matsapoyev insoniylik, maʼnaviy poklik, shukronalik fazilatlari, muqaddas dinimiz arkonlarini eʼzozlash, tinchlikdek ulugʻ neʼmat qadriga yetish kerakligi xususida soʻzladi. Shuningdek, bosh imom-xatib oʻz soʻzida bunday muborak kunlarda roʻza tutishlik har bir musulmon uchun juda katta imtihon hisoblanishini, roʻza tutgan musulmon uchun xos mukofot berilishini va Ramazon oyida qilingan har bir solih amalning ajri bir necha barobar koʻpaytirib berilishini aytib oʻtdi.

Iftorlik dasturxoni atrofida Qurʼon tilovati qilinib, Qadr kechasining fazilati, Ramazon hayiti, hayit odoblari haqida ham maʼruzalar qilindi

Jumurtov shaharchasidagi “Qasr” toʻyxonasida iftorlikda ishtirok etgan roʻzadorlar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, dehqonlarimiz yetishtirayotgan mahsulotlar hosiliga baraka tilab, duolar qilishdi.

26-mart kuni Mangʻit shahridagi “Istiqlol” toʻyxonasida ham Navoiy nomli va Boʻston mahallalarida yashovchi roʻzadorlar uchun iftorlik marosimi oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu ehson tadbirida tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyevlar qatnashishdi.

Iftorlik dasturxoni nozu-neʼmatlar bilan toʻldirildi. Milliy taom — osh damlanib, yigʻilganlarga tortiq qilindi.

Soʻzga chiqqanlar muqaddas mohi Ramazon kunlarida muhtojlarga mehr-oqibat, xayr-saxovat koʻrsatish xalqimizga xos fazilat ekanligini taʼkidladilar. Muborak oy davomida miskinlar holidan xabar olish, ehtiyojmandlarga xayr-ehsonlar berish savobli amallardan sanaladi. Zero, Ramazon insonlarni oʻzaro mehr-oqibatli boʻlishga, keksalar va bemorlar, yaqinlar holidan xabar olishga, muhtojlarga saxovat qilishga chaqiradi.

Ehson dasturxoniga toʻplanganlar iftorlikda tuman bosh imom-xatibi Abdurahmon Matsapoyevning Ramazoni sharif shukuhi, ushbu oyning fazilatlari haqidagi maʼruzalarini tinglashdi. Shuningdek, Qurʼon oyatlari oʻqilib, Oʻzbekiston zaminida el farovonligi yoʻlida xizmat qilib oʻtganlar haqiga, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlishini, xonadonlarimizda hamisha tinchlik hukm surishini, moʻl va barakali rizq tilab, duolar qilindi.

Xayr-ehson qilish maqsadida ovul va mahallalarda tashkil etilgan iftorlik tadbirlari oʻzgacha ruhda koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026