AMUDARYoDA "SALOMATLIK SAYILLARI" OYLIGI DOIRASIDA TIBBIY KÖRIK ÖTKAZILDI
Mamlakatimiz böylab "Salomatlik sayillari"ga start berildi. Şu munosabat bilan ayni kunlarda Soğliqni saqlaş vazirligi taşabbusiga köra barça hududlarda "Salomatlik sayillari" oyligi bölib ötmoqda. Xuddi şunday tadbir Amudaryo tumanidagi Tibbiyot birlaşmasida ham taşkil etildi.
Tuman Tibbiyot birlaşmasining Tez tibbiy yordam bölimi binosi oldida bölib ötgan sayilda Taşkent va Nukus şahridagi Respublika tibbiyot muassasalaridan turli mutaxassisliklar böyiça yuqori malakaga ega bölgan tibbiyot xodimlari va mahalliy şifokorlar iştirok etişdi. Uşbu aktsiya doirasida respublika ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlarining malakali va yetakçi mutaxassislari sayilga taşrif buyurgan tuman aholisi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali kasalligi bor bemorlar muammolarini örgandi.
Taʼkidlaş joizki, Uzbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirining 2023-yil 28-martdagi tegişli buyruğiga asosan mamlakatimizdagi jami 208 ta tuman va şaharda respublikadan jalb qilingan 300 nafarga yaqin nufuzli mutaxassislar, şuningdek, 17,5 ming tibbiy brigada va 175 ming nafardan ziyod mahalliy şifokorlar iştirokida profilaktik tibbiy köriklar, skrining dasturlari va soğlomlaştiriş tadbirlari taşkil etilmoqda. Salomatlik sayillari har bir hududda ikki bosqiçda taşkil etilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali kasalligi bor bemorlarni hududlarning özida belgilangan tartibda yuqori texnologik muolajalar orqali soğlomlaştiriş çoralari körilmoqda.
Tumanimizda bölib ötgan tibbiy körik jarayonida 19 ta yönaliş böyiça mutaxassislar, qöşimça köçma rengen, köçma mammografiya, oftalmologiya mobil poliklinikalari hamda mahalliy şifokorlar tomonidan 1-18 yoşgaça bölgan bolalar, 18-40 yoşgaça bölgan fuqarolar, 15 yoşdan 49 yoşgaça bölgan fertil yoşidagi ayollar çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazildi. Şuningdek, bolalar gelmintoz, onkogematologik, 40 va undan katta yoşdagi fuqarolar yuqumli bölmagan, 35 yoşdan katta ayollar onkologik kasalliklarni erta bosqiçlarda aniqlaş va ularga profilaktik yordam körsatiş maqsadida skrining köriklarga jalb etildi. Köriklarda 1303 nafar aholi qatnaşdi.
Tekşiruvlar natijasida kasalliklar aniqlangan fuqarolar uçun individual soğlomlaştiriş rejasi tuzildi. Tuman va Respublika darajasida 856 nafar fuqaro ambulator, 131 nafar fuqaro statsionar hamda 21 nafar bemorga davolanişga bepul yöllanmalar rasmiylaştirildi. Şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali xastaligi bor bemorlar ixtisoslaştirilgan markazlarning malakali mutaxassislari tomonidan hududning özida yuqori texnologik muolajalar orqali soğlomlaştirilişi belgilandi.
Salomatlik sayliga kelgan fuqarolarga soğlom turmuş tarzi, töğri ovqatlaniş, jismoniy faollik va kasalliklar profilikatikasi böyiça körgazmali materiallar asosida tuşuntirişlar berilib, tarğibot işlari ham olib borildi. Yuqumli bölmagan kasalliklar sabab soğliğida muammosi bor fuqarolarga tavsiya va maslahatlar berildi.
Tadbirga taşrif buyurgan amudaryoliklar malakali şifokorlar tomonidan ötkazilgan körik davomida bepul tibbiy xizmatlardan foydalanişdi, özlariga salomatliklari böyiça muhim tavsiya va maslahatlar bergan tibbiyot xodimlaridan juda minnatdor bölişdi.
F.Abdullayev, tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶