GRANT LOYIHASI DOIRASIDA BOLALAR UÇUN TEATR TOMOŞALARI TAŞKIL ETILDI
Xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltiriş, yoş avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirişda badiiy adabiyotning örni, taʼsiri va ahamiyatini yanada oşiriş, adabiyot, musiqa, badiiy-amaliy sanʼat ravnaqiga hissa qöşiş böyiça joylardagi kabi tumanimizda ham salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Havaskor şoirlar va yozuvçilar, ijodkorlar, sanʼatkorlar, badiiy va amaliy sanʼat ustalarini qöllab-quvvatlaş, ularning ijodiy salohiyatlarini röyobga çiqarişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Qiliçboy madaniyat markazida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti hamda “Mening oilam” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda “Beş taşabbus – beş imkoniyat!” Oliy majlis huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarni qöllab-quvvatlovçi Jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan grant loyihasining iş rejasiga köra teatr tomoşalari uyuştirildi. Tomoşaga hududdagi maktablar öquvçilari, nogironligi bölgan yoşlar, kam taʼminlangan oilalar farzandlari taklif etildi. Şuningdek, hududdagi maktablarning boşlanğiç sinf öquvçilari ham öqituvçilari hamrohligida iştirok etdilar.
Yoş tomoşabinlar eʼtiboriga Qiliçboy madaniyat markazidagi drama tögaragining “Yoş tomoşabinlar” teatr guruhi tomonidan “Ertaklar olami” deb nomlangan sahna körinişi havola etildi. Unda jaholat ustidan maʼrifat doimo ğalaba qozonişi eratk qahramonlari ijrosida aks ettirildi.
Tögarak rahbari va rejissyori Mirsaid Qodirov sahnalaştirgan bu teatr tomoşalari öquvçilar könglida ulkan hissiyotlar uyğotdi. Böri rolidagi Ölmas Xudoyberganov, Quyon rolidagi Damin Şuhratovlarning mohirlik bilan amalga oşirgan ijrolari bolalarni haqiqiy ertaklari olamiga olib kirdi.
Taʼkidlaş joizki, yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltiriş, böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ularni mafkura maydonining turli xurujlaridan işonçli himoya qiliş maqsadida taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uçraşuvlar va davra suhbatlari, sport tadbirlari, kontsert dasturlari, ekskursiyalar va şu kabi vazifalar muvaffaqiyatli amalga oşirib kelinmoqda. Ayni paytda muhim ahamiyat kasb etib kelayotgan – yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş va ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş böyiça 5 ta muhim taşabbus ham bu boradagi vazifalarni yuqori darajada amalga oşirişga asos bölmoqda.
Tumanimizning Qiliçboy ovuli markazida joylaşgan Qiliçboy madaniyat markazi xodimlari bu borada salmoqli işlarni amalga oşirib kelişmoqda. Ayniqsa, mazkur markazda 4-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan yoş tomoşabinlar havaskor drama tögaragi aʼzolari özlarining ijodiy mehnatlari bilan el olqişiga sazovor bölib kelmoqdalar. Tögarakning 12 nafar aʼzosi ertaklar asosida teatr tomoşalari körsatib, yoş tomoşabinlarga ulkan zavq-şavq ulaşib kelmoqdalar. Tögarak aʼzolari yaqinda Taxtaköpir tumanida 27-mart – Xalqaro teatr kuniga bağişlab ötkazilgan anjumanda “Umid uçqunlari” nomli dasturi bilan qatnaşib, respublika miqyosida sovrindor bölib qaytdilar. Yil boşidan buyon maktabgaça taʼlim muassasalarida teatr tomoşalari körsatib kelgan tögarak aʼzolari endilikda maktablarning boşlanğiç sinf öquvçilari uçun ham teatr tomoşalarini sahnalaştirişni reja qilişgan.
Grant loyihasi rejasiga köra ötkazilgan teatr tomoşalari davomida tögarak havaskorlari Sevinçoy Jumaboyeva, Diyorbek Pölatovlar ijro etgan qöşiqlar bolalarning quvnoq raqslariga ulanib ketdi. Teatr tomoşalari ijodkorlari bolajonlarga juda katta zavq ulaşişdi.
Ö.REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶