69-SONLI MAKTABDA “YoŞ TABIATŞUNOSLAR” TADBIRI ÖTKAZILDI
Ayoqçi mahallasidagi 69-sonli maktabda kimyo va biologiya fanlari tögaragi aʼzolari iştirokida buyuk olim Çarlz Darvin tavalludining 214 yilligi va Dmitriy Mendeleyev tavalludining 189 yilligi munosabati bilan “Yoş tabiatşunoslar” bayram tadbiri taşkil etildi.
13 arel kuni bölib ötgan mazkur tadbirda maktab öqituvçilari va öquvçilari iştirok etişdi. Maktabning oliy toifali kimyo va biologiya fani öqituvçilari Minavar Matçonova hamda Xosiyat Örozboyevalar tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbirni 10-sinf öquvçilari Maşhura Jumaniyozova, Öğiljon Otajonovalar olib borişdi.
Tadbirda maktabning 9-11-sinf öquvçilari faol iştirok etişdi. Dastlab öquvçilar kimyoviy elementlarga şeʼriy taʼrif berib, özlarini taniştirib çiqişdi. Bir guruh öquvçilar esa elementlarni raqs tarzida körsatib berişdi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, kimyo va biologiya fanlari farmatsevtika, oziq-ovqat, neft va gazni qayta işlaş, quriliş materiallarini işlab çiqariş, toğ-kon sanoati, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, tibbiyotning turli tarmoqlarida öta muhim hisoblanadi. Öta murakkab bölişiga qaramasdan bu fanlar juda qiziqarli bölgani sababli maktabda taşkil etilgan tögarakda yuqori sinf öquvçilari faol iştirok etişadi.
Maktabda dars va tögarak maşğulotlari davomida oçiq darslar, seminarlar, laboratoriya darslari taşkil etiladi va öquvçilar bilan birgalikda elementlar taniştirib boriladi. Çunki hozirgi davrda kimyo va oziq-ovqat sanoatlari rivojlanib borgan sari malakali kadrlarga ham ehtiyoj ortayotgani sababli kimyo va biologiya fanlarini çuqur öqitilişi oliy taʼlim muassasalarida sanoat korxonalariga malakali kadrlarni yetiştirişda, keyinçalik yetuk ilmiy xodimlar, tibbiyot xodimlarini tayyorlaşda tayyorlaşda muhim omil sanaladi.
Tadbir davomida öquvçilar kimyo fani bilan birga biologiya fanidan ham bilimdonliklarini namoyiş etib, yer yuzidagi noyob ösimliklarni taniştirib ötişdi. Biologiya fanida hayotdagi tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilişi, funktsiyasi, tirik mavjudotlarning kelib çiqişi va tarqalişi, ularning bir-biri va tirik tabiat bilan özaro boğlanişini örganişayotganini aytib, tarixda bobokalonlarimiz fanning rivojiga öz hissasini qöşgani töğrisida gapirib ötişdi. Şuningdek, Abu Rayhon Beruniyning tabiat 5 elementga, yaʼni böşliq, havo, olov, suv va tuproqdan yaratilgan deb eʼtirof etgani, u özining «Hindiston» asarida tabiatni daraxtdagi eng baquvvat va soğlom novdalarining ösişiga imkon beradigan boğbonga öxşatganini, bu bilan u tirik organizmlar örtasida yaşaş uçun kuraş borişi va tabiiy tanlaniş sodir bölişini başorat kilganini, zamonaviy fanda bu özining isbotini topgani haqidagi maʼlumotlarni sözlab berişdi.
Tadbirda maktabning 10-11-sinf öquvçilari iştirokida tabiatni asraş, unga döstona munosabatda böliş, ekologik muammolarni bartaraf etişga birgalikda harakat etiş kabilarni aks ettirgan çuqur maʼno va mazmunga, tarbiyaviy ahamiyatga ega bölgan sahna körinişlarini taqdim etişdi. Qiziqarli ötgan tadbirda öquvçilar kimyo va biologiya fanlari hamda uning rivojiga munosib hissa qöşgan alloma bobokalonlarimiz, buyuk olimlar Çarlz Darvin va Dmitriy Mendeleyevlar haqida keng va batafsil maʼlumotlarga ega böldilar. Qiziqarli ötgan tadbir barçaga manzur böldi.
Xosiyat Örozboyeva, şu maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶