MAʼNAVIYaT TARQATUVÇI KUTUBXONAÇI
Amudaryo tumanining Nazarxon ovulidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabining kutubxonaçisi Tozaxon Qidirniyazovani barça yurtdoşlari maʼnaviyat – ziyo tarqatuvçi inson sifatida juda yaxşi bilişadi. U 5-yildan buyon uşbu maktabning kutubxona mudirasi sifatida faoliyat körsatib kelmoqda. Tozaxon rahbarlik qilayotgan kutubxona bugungi kunda nafaqat maktab öquvçilarining balki, butun qişloq ahlining sevimli, maroqli mutolaa qiladigan maskaniga aylandi. Hozirgi kunda kutubxonada 800 dan ziyod turli janrlardagi adabiyotlar saqlanmoqda. Kutubxonaning bugungi kunda 400 nafardan ziyod aʼzosi bor.
Kutubxona faqat kitob öqiş uçun emas, maktabda, ovulda ötkaziladigan bayramlar, muhim sanalar munosabati bilan ötkaziladigan maʼnaviy-madaniy tadbirlarda ham xizmat qilib kelmoqda.
Maktab öquvçilari orasidan sönggi yillarda juda köp iqtidorli, ijodkor öquvçilar yetişib çiqmoqda. Uşbu maktab öquvçisi, “Haq niyetler” kitobining muallifi Muhabbat Örinbosarova bugungi kunda Nukus şahridagi Ibroim Yusupov nomli adabiyot maktabida öqişini davom ettirmoqda. Maktabning yettinçi sinf öquvçisi, respublika miqyosida ötkazilgan “Ijodkor bolalar” tanlovining sovrindori Navbahor Sarsenboyevaning ilk kitobi naşrdan çiqiş arafasida.
Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida ötkazilgan “Fidoiy kitobxonlar” onlayn tanlovida ovulda fermerlik faoliyati bilan şuğullanayotgan Niyatboy Otamurodovning kelini Liza Boyniyazova faxrli uçinçi örinni egalladi.
Maktab öquvçilarining, ovul fuqarolarining madaniyat, adabiyot, kitobxonlik sohalarida erişayotgan yutuqlarida biz söz yuritayotgan kutubxonaning roli katta bölmoqda.
Kutubxonada Tozaxon Qidirniyozovaning taşabbusi bilan juda köp adabiy keçalar, muşoiralar, mehnat faxriylari bilan uçraşuvlar, taniqli ijodkorlar bilan muloqotlar ötkazib turiladi. Bu ezgu amallarning barçasi ijodkor va kitobsevarlar hayotida katta yutuqlarga asos bölmoqda.
Sözimiz boşida Tozaxon Qidirniyozovani bejizga “Maʼnaviyat tarqatuvçi inson” deb aytib ötmadik. Çunki u kitobxonlik borasida boşqalarga örnak bölarli darajada katta yutuqlarni qölga kiritib kelmoqda. Tozaxon ötgan yili Respublikada ötkazilgan kitobxonlik festivalida sovrindor bölib qaytdi. Bu yil mart oyida ötkazilgan kitobxonlik festivali Tozaxon uçun juda omadli keldi. U Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida ötkazilgan kitobxonlik festivalida ğolib deb topildi hamda birinçi darajali diplom va festivalning maxsus kubogi bilan taqdirlandi.
Mazkur festivalda har bir iştirokçining iş faoliyati, kitobxonlarni jalb eta oliş qobiliyati, iş faoliyatidagi yutuqlari hakamlar tomonidan sinçiklab örganilib Tozaxon Qidirniyozova eng yuqori öringa munosib deb topildi.
Hikoyamiz qahramoni nafaqat maʼnaviyat tarqatuvçi, balki boşqalar havas qilsa arzigulik uy bekasi hamdir. U turmuş örtoği Xidirboy bilan birgalikda 3 nafar qiz va 1 nafar öğil farzandni tarbiyalab voyaga yetkazmoqda. Tönğiç qizi Nilufar hozirgi kunda teatr va sanʼat instituti Nukus filialining 3-bosqiç talabasi. Demak bu oilada yana bir haqiqiy madaniyat sohasi xodimi yetişib çiqmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda kitobxonlikka, madaniy-maʼnaviy turmuşimizni rivojlantirişga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.
Elimizda Tozaxon Qidirniyozovadek öz kasbining fidoyilari bor ekan maʼnaviyat-madaniyat sohasida yanada ulkan yutuqlarni qölga kiritaverişimizga aslo şubha yöq.
Örozali Reyimov, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶