28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:57
Fan va taʼlim 👁 293

“Besh tashabbus – besh imkoniyat!” loyihasi doirasida 85-sonli maktabda ochiq dars oʻtkazildi

“Besh tashabbus – besh imkoniyat!” loyihasi doirasida 85-sonli maktabda ochiq dars oʻtkazildi

Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Besh tashabbus – besh imkoniyat!” nomli loyiha asosida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, yoshlarni turli zararli illatlardan ishonchli himoya qilish, ularning sifatli taʼlim olishiga erishish borasida turli tadbirlar, adabiy kechalar, uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Shuningdek, yoshlarning adabiyot va sanʼatning barcha turlariga qiziqishlarini oshirishga, sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlariga, oʻzini oʻzi band qilgan holda tadbirkorlik bilan shugʻullanib, daromad topayotgan yosh ayol-qizlarning ish tajribalarini ommalashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tanlovlar, davra suhbatlari oʻtkazilib borilishi natijasida barcha yoshdagi fuqarolar qalbida kitobga boʻlgan qiziqish ortib bormoqda.

Barchaga maʼlumki, Prezidentimiz taklif qilgan uchinchi tashabbus doirasida yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish belgilangan. Aynan shu maqsadda tumanning Xitoy hududida yashovchi manzilli qoʻllab-quvvatlash daftarlariga kiritilgan yoshlar uchun 85-sonli maktabda “Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.

Mazkur maktabda tajribali ustozlar – matematika va informatika fani oʻqituvchilaridan Gavhar Saparboyeva hamda Ogʻabek Yoʻldoshevlar koʻp yillardan buyon oʻquvchilarga kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish borasida oʻzlarining bilim va tajribalarini oʻrgatib kelmoqdalar. Ustozlaridan olgan saboqlari esa yoshlarning kelgusi hayotlarida qayerda va qaysi kasbda ishlamasin dasturulmal boʻlib xizmat etib kelmoqda.

Ochiq dars ochilishida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi Oʻrozali Reyimov chiqib gapirib tashkilot tomonidan olib borilayotgan ishlar, butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham maktab oʻquvchilari zamonaviy maktab binolarida eng ilgʻor oʻquv qurollaridan foydalangan holda bilim olayotganligini faxr bilan aytib oʻtdi.

Matematika va informatika fani oʻqituvchisi Gavhar Saparboyeva oʻquvchilarga kompyuterlardan samarali foydalanishning ilgʻor dasturlari hamda ochiq dars oʻtkazilishidan asosiy maqsad yoshlarning kompyuter va internetdan samarali foydalanish borasidagi bilimlarini yana bir bor sinovdan oʻtkazish ekanligini bildirdi.

Ochiq dars “funktsiyalar va oʻzgaruvchilar mavzusiga oid amaliy mashgʻulot” deb ataldi. Oʻquvchilar oldiga funktsiyadan foydalangan holda berilgan ikkita sonning eng katta umumiy boʻluvchisini topish dasturini tuzish vazifasi qoʻyildi.

Oʻtkazilgan ochiq dars maktab oʻquvchilarning kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish borasidagi bilim va koʻnikmalari juda yuqori ekanligini koʻrsatdi.

Oʻ.Reimov, "Jayxun ilhomlari" NNT raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026